slot gacor
slot gacor
 “Ochiq byudjet” axborot portalida ovoz berish jarayonida g‘olib bo‘lgan tashabbuslarga fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risida » Арнасой тумани ҳокимлиги расмий сайти
Телефонлар:
(0372) 372-12-44
(0372) 372-14-40
» » “Ochiq byudjet” axborot portalida ovoz berish jarayonida g‘olib bo‘lgan tashabbuslarga fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risida

“Ochiq byudjet” axborot portalida ovoz berish jarayonida g‘olib bo‘lgan tashabbuslarga fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risida

13 апрель 2024 йил
84
0

“Ochiq byudjet” axborot portalida ovoz berish jarayonida g‘olib bo‘lgan tashabbuslarga fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risida.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ-5072-sonli va Oliy Majlisi SenatiKengashining 2024-yil 30-yanvardagi KQ-666-IV-son qarorlari ijrosini ta’minlash hamda tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limining 2024-yil 8-apreldagi 01-20-201/08-09-03-sonli xatini inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 6-,24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari tuman Kengashi

QAROR QILADI:

  1. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Z.Ismatovning joriy yilning 1-fevralidan 22-fevraliga qadar “Openbyudget.uz” veb-sayti orqali mavjud mahalliy muammolarni bartaraf etish maqsadida tumanda istiqomat qiluvchilar uchun ahamiyatga ega bo‘lgan har xil mazmundagi jami 98 ta takliflar bildirilganligi, 22-fevraldan 16-martga qadar ushbu takliflarning barchasi moderatsiyadan o‘tkazilib, 89 ta tashabbuslar ovoz berish uchun qabul qilinganligi, 9 ta tashabbuslar turli xil sabablarga ko‘ra rad etilganligi, 16-martdan 4-aprelga qadar 89 ta tashabbuslar ovoz berish jarayonida ishtirok etganligi hamda ovoz berish yakunlariga ko‘ra 8 ta tashabbus eng ko‘p ovoz to‘plab g‘olib bo‘lganligi hamda jamg‘armada 10 042,3 (o‘n milliard qirq ikki million uch yuz ming) mln.so‘m mablag‘ shakllanganligi to‘g‘risidagi hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
  2. G‘olib takliflar va ularga ajratiladigan mablag‘lar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq, “Arnasoy tuman 3-sonli umumta’lim maktabini jihozlash” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha xarid qilinadigan tovar (xizmat)lar reyestri 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  3. Oliy Majlisi Senati Kengashinining 2024-yil 30-yanvardagi KQ-666-IV-son qaroriga ko‘ra g‘olib takliflarni moliyalashtirish manzilli ro‘yxati shakllantirilsin va g‘olib takliflarni moliyalashtirish uchun buyurtmachi tashkilotlar sifatida “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi, tuman obodonlashtirish boshqarmasi, “Jizzax mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” DM va maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi etib belgilansin.
  4. Tuman hokimligi bosh hisobchisi B.Muxiddinovga g‘olib deb topilgan takliflarga fuqarolar tashabbusi jamg‘armasidan 1-ilovada keltirilgan amalga oshirishning aniqlangan qiymati miqdorida mablag‘ ajratish vazifasi yuklatilsin.
  5. Tuman g‘aznachilik xizmati bo‘limi (A.G‘aybullayev) ushbu mablag‘larni tegishli tartibda moliyalashtirilishini ta’minlasin hamda manzilli ro‘yxatda ko‘rsatilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirsin.
  6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish, baholash, tanlab olish hamda ijrosini monitoring qilish bo‘yicha tuman ishchi komissiyasi a‘zolari zimmasiga yuklatilsin.
  7. Mazkur qaror “Arnasoy tongi” gazetasida rasman e’lon qilinsin hamda tuman hokimligining arnasoy.uz rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
  8. Ushbu qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.

                                  

                        Sessiya raisi                        QO‘QANOV USMON

qaror-open-byudjet-2024-yil-1-mavsum-goliblari-.pdf [758,14 Kb] (юклаб олинди: 4)

Онлайн: qaror-open-byudjet-2024-yil-1-mavsum-goliblari-.pdf

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар