Телефонлар:
(0372) 372-12-44
(0372) 372-14-40
» » “Ochiq byudjet” axborot portalida ovoz berish jarayonida g`olib bo`lgan tashabbuslarga fuqarolar tashabbusi jamg`armasi mablag`larini yo`naltirish to`g`risida

“Ochiq byudjet” axborot portalida ovoz berish jarayonida g`olib bo`lgan tashabbuslarga fuqarolar tashabbusi jamg`armasi mablag`larini yo`naltirish to`g`risida

19 апрель 2023 йил
67
0

Ochiq byudjetaxborot portalida ovoz berish jarayonida

g`olib bo`lgan tashabbuslarga fuqarolar tashabbusi jamg`armasi mablag`larini yo`naltirish to`g`risida.

 

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ-5072-sonli va Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 22-apreldagi KQ-213-IV-son qarorlari ijrosini ta’minlash, Moliya vazirligining 2021-yil 6-sentabrdagi WV82767631-sonli ko`rsatma xati hamda tuman iqtisodiyot va moliya bo`limi mudiri M.Eshboyevning bildirgisini inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari tuman Kengashi

 

QAROR QILADI:

 

  1. Tuman hokimining birinchi o`rinbosari Z.Ismatovning joriy yilning 6-fevraldan 26-fevraliga qadar “Openbudget.uz” veb-sayti orqali mavjud mahalliy muammolarni bartaraf etish maqsadida tumanda istiqomat qiluvchilar uchun ahamiyatga ega bo`lgan har xil mazmundagi jami 100 ta takliflar bildirilganligi, 26-martdan 18-martga qadar ushbu takliflarning barchasi moderatsiyadan o`tkazilib, 79 ta tashabbuslar ovoz berish uchun qabul qilinganligi, 21 ta tashabbuslar turli xil sabablarga ko`ra rad etilib, 18-martdan 7-aprelga qadar 79 ta tashabbuslar ovoz berish jarayonida ishtirok etganligi hamda ovoz berish yakunlariga ko`ra 3 ta tashabbus eng ko`p ovoz to`plab g`olib bo`lganligi hamda jamg`armada 3 693,0 (uch milliard olti yuz to`qson uch million) mln.so`m mablag` shakllanganligi to`g`risidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
  2. G`olib takliflar va ularga ajratiladigan mablag`lar ro`yxati
    1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  3. Moliya vazirligining yuqoridagi ko`rsatma xatiga ko`ra g`olib takliflarni moliyalashtirish manzilli ro`yxati shakllantirilsin va g`olib takliflarni moliyalashtirish uchun buyurtmachi tashkilot sifitida tuman tibbiyot birlashmasi va Jizzax viloyat YaBXIK etib belgilansin.
  4. Tuman hokimligi bosh hisobchisi (B.Muxiddinov)ga g`olib deb topilgan takliflarga fuqarolar tashabbusi jamg`armasidan 1-ilovada keltirilgan amalga oshirishning aniqlangan qiymati miqdorida mablag` ajratish vazifasi yuklatilsin.
  5. Tuman G`aznachilik bo`linmasi (A.G`aybullaev) ushbu mablag`larni tegishli tartibda moliyalashtirilishini ta’minlasin. Ushbu mablag`ni manzilli ro`yxatda ko`rsatilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo`naltirilsin va ushbu mablag`larning boshqa maqsadlarga ishlatilishi ta’qiqlansin.
  6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman Kengashining “Mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari” doimiy komissiyasi hamda tuman hokimining birinchi o`rinbosari Z.Ismatov zimmasiga yuklatilsin.
  7. Mazkur qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.

  

                   Tuman Kengashi raisi                           X.Аlimardanov

vi-47-47-3-43-k_23-1.pdf [236,83 Kb] (юклаб олинди: 1)

Онлайн: vi-47-47-3-43-k_23-1.pdf

 


скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар