Телефонлар:
(0372) 372-12-44
(0372) 372-14-40
» » “Ochiq byudjet” axborot portalida ovoz berish jarayonida g`olib bo`lgan tashabbuslarga fuqarolar tashabbusi jamg`armasi mablag`larini yo`naltirish to`g`risida

“Ochiq byudjet” axborot portalida ovoz berish jarayonida g`olib bo`lgan tashabbuslarga fuqarolar tashabbusi jamg`armasi mablag`larini yo`naltirish to`g`risida

19 апрель 2023 йил
114
0

Ochiq byudjetaxborot portalida ovoz berish jarayonida g`olib bo`lgan tashabbuslarga fuqarolar tashabbusi jamg`armasi mablag`larini

 yo`naltirish to`g`risida.

 

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ-5072-sonli va Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 22-apreldagi KQ-213-IV-sonli qarorlari ijrosini ta`minlash, Moliya vazirligining 2023-yil 13-apreldagi 11/7-05284-sonli ko`rsatma xati ijrosini inobatga olib hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari tuman Kengashi

 

QАROR QILАDI

 

  1. Joriy yilning 6-fevralidan 26-fevraliga qadar “Openbudget.uz” veb-sayti orqali mavjud mahalliy muammolarni bartaraf etish maqsadida tumanda istiqomat qiluvchilar uchun ahamiyatga ega bo`lgan turli mazmundagi jami 100 ta takliflar bildirildi. 26-martdan 18-martga qadar ushbu takliflarning barchasi moderatsiyadan o`tkazilib, natijada 79 ta tashabbus ovoz berish uchun qabul qilindi. 21 tashabbus turli xil sabablarga ko`ra rad etilib, 18-martdan 7-aprelga qadar 42 ta tashabbusga ovoz berish jarayonida ishtirok etganligi, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10 apreldagi PQ-117 sonli qaroriga muvofiq 2023-yil 1-mavsum doirasida respublika bo`yicha o`tkazilgan tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlarida har biri 2 000 dan ortiq ovoz to`plagan, lekin g`olib deb topilmagan 1309 ta loyihani amalga oshirish uchun qo`shimcha ravishda 1,3 trln. so`m mablag` respublika byudjetidan ajratilishi, shu jumladan Arnasoy tumaniga 2 ta loyiha uchun jami 1,0  mlrd so`m mablag` ajratilishi yuzasidan 2 ta tashabbus 2 000 dan ko`p ovoz to`plab g`olib bo`lganligi hamda jamg`armada              1,0  mlrd.so`m mablag` shakllanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
  2. G`olib takliflar va ularga ajratiladigan mablag`lar ro`yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  3. Moliya vazirligining yuqoridagi ko`rsatma xatiga ko`ra g`olib takliflarni moliyalashtirish manzilli ro`yxati shakllantirilsin va g`olib takliflarni moliyalashtirish uchun buyurtmachi tashkilot sifatida tuman kasb-hunar maktabi va Jizzax viloyat YaBXIK etib belgilansin.
  4. Tuman hokimligi bosh hisobchisi (B.Muxiddinov)ga g`olib deb topilgan takliflarga fuqarolar tashabbusi jamg`armasidan amalga oshirishning aniqlangan qiymati miqdorida mablag` ajratish vazifasi yuklatilsin.
  5. Tuman G`aznachilik bo`linmasi (А.G`aybullayev) ushbu mablag`ni tegishli tartibda moliyalashtirilishini taʼminlasin. Ushbu mablag`ni manzilli ro`yxatda ko`rsatilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo`naltirish va ushbu mablag`larning boshqa maqsadlarga ishlatilishi taʼqiqlansin.
  6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman Kengashining “Mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari” doimiy komissiyasi hamda tuman hokimining birinchi o`rinbosari Z.Ismatov zimmasiga yuklatilsin.
  7. Ushbu qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.

                    Tuman Kengashi raisi                 X.Аlimardanov

vi-47-49-3-43-k_23.pdf [236,91 Kb] (юклаб олинди: 2)

Онлайн: vi-47-49-3-43-k_23.pdf

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар