Телефонлар:
(0372) 372-12-44
(0372) 372-14-40
» » Tuman mahalliy byudjetining 2023-yil 3-chorak daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan “Fuqarolar tashabbusi jamg`armasi” shaxsiy g`azna hisobvarag`iga mablag` o`tkazish to`g`risida

Tuman mahalliy byudjetining 2023-yil 3-chorak daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan “Fuqarolar tashabbusi jamg`armasi” shaxsiy g`azna hisobvarag`iga mablag` o`tkazish to`g`risida

04 ноябрь 2023 йил
111
0

 

Tuman mahalliy byudjetining 2023-yil 3-chorak daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan “Fuqarolar tashabbusi jamg`armasi” shaxsiy g`azna hisobvarag`iga mablag` o`tkazish to`g`risida.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash bo`yicha qo`shimcha choratadbirlar to`g`risida”gi PQ-5072-sonli hamda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 22-apreldagi KQ-213-IV-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash, “Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari tuman Kengashi

QАROR QILАDI:

1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash bo`yicha qo`shimcha choratadbirlar to`g`risida”gi PQ-5072-sonli hamda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 22-apreldagi KQ-213-IV-sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.

2. Tuman iqtisodiyot va moliya bo`limi (M.Eshboyev)ga tuman mahalliy byudjetining 2023-yil 3-chorak daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan “Fuqarolar tashabbusi jamg`armasi” shaxsiy g`azna hisobvarag`iga o`tkazish uchun 150,0 (bir yuz ellik) mln.so`m mablag`ni tuman hokimligiga ajratish vazifasi topshirilsin.

3. Tuman hokimining birinchi o`rinbosari Z.Ismatov hamda tuman hokimligi bosh hisobchisi B.Muxiddinovlarga ajratilgan mablag`ni “Fuqarolar tashabbusi jamg`armasi” shaxsiy g`azna hisobvarag`iga o`tkazish vazifasi yuklatilsin.
4. Tuman hokimining birinchi o`rinbosari Z.Ismatov va tuman hokimi o`rinbosari F.Аdilovlar ajratilgan mablag`ni maqsadli ishlatilishini taʼminlasinlar.

5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman Kengashining “Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari” doimiy komissiyasi hamda tuman hokimining birinchi o`rinbosari Z.Ismatov zimmasiga yuklatilsin.

6. Mazkur qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.


Kengash raisi                         X.Alimardanov

vi-49-122-3-43-k_23_pdf3-chorak-drob.pdf [235,27 Kb] (юклаб олинди: 2)

Онлайн: vi-49-122-3-43-k_23_pdf3-chorak-drob.pdf

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар