slot gacor
slot gacor
 “Ochiq byudjet” axborot portalida ovoz berish jarayonida g`olib bo`lgan tashabbuslarga fuqarolar tashabbusi jamg`armasi mablag`larini yo`naltirish to`g`risida » Арнасой тумани ҳокимлиги расмий сайти
Телефонлар:
(0372) 372-12-44
(0372) 372-14-40
» » “Ochiq byudjet” axborot portalida ovoz berish jarayonida g`olib bo`lgan tashabbuslarga fuqarolar tashabbusi jamg`armasi mablag`larini yo`naltirish to`g`risida

“Ochiq byudjet” axborot portalida ovoz berish jarayonida g`olib bo`lgan tashabbuslarga fuqarolar tashabbusi jamg`armasi mablag`larini yo`naltirish to`g`risida

21 сентябрь 2023 йил
151
0

 

Ochiq byudjetaxborot portalida ovoz berish jarayonida g`olib bo`lgan tashabbuslarga fuqarolar tashabbusi jamg`armasi mablag`larini yo`naltirish to`g`risida.

 

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ-5072-sonli va Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 22-apreldagi KQ-213-IV-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash, Moliya vazirligining 2021-yil 6-sentyabrdagi WV82767631-sonli ko`rsatma xati hamda tuman iqtisodiyot va moliya bo`limi mudiri M.Eshboyevning bildirgisini inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari tuman Kengashi 

QAROR QILADI: 

  1. Tuman hokimining birinchi o`rinbosari Z.Ismatovning joriy yilning 17-iyulidan 7-avgustiga qadar “Openbudget.uz” veb-sayti orqali mavjud mahalliy muammolarni bartaraf etish maqsadida tumanda istiqomat qiluvchilar uchun ahamiyatga ega bo`lgan har xil mazmundagi jami 134 ta takliflar bildirilganligi, 7-avgustdan 27-avgustga qadar ushbu takliflarning barchasi moderatsiyadan o`tkazilib, 86 ta tashabbuslar ovoz berish uchun qabul qilinganligi, 48 ta tashabbuslar turli xil sabablarga ko`ra rad etilib, 27-avgustdan 16-sentyabrga qadar 86 ta tashabbuslar ovoz berish jarayonida ishtirok etganligi hamda ovoz berish yakunlariga ko`ra 4 ta tashabbus eng ko`p ovoz to`plab g`olib bo`lganligi hamda jamg`armada 3 996,7 (uch milliard to`qqiz yuz to`qson olti million yetti yuz ming) mln.so`m mablag` shakllanganligi to`g`risidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
  2. G`olib takliflar va ularga ajratiladigan mablag`lar ro`yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  3. Moliya vazirligining yuqoridagi ko`rsatma xatiga ko`ra g`olib takliflarni moliyalashtirish manzilli ro`yxati shakllantirilsin va g`olib takliflarni moliyalashtirish uchun buyurtmachi tashkilot sifatida tuman tibbiyot birlashmasi, ixtisoslashtirilgan maktab va sport maktabi etib belgilansin.
  4. Tuman hokimligi bosh hisobchisi B.Muxiddinovga g`olib deb topilgan takliflarga fuqarolar tashabbusi jamg`armasidan ilovada keltirilgan amalga oshirishning aniqlangan qiymati miqdorida mablag` ajratish vazifasi yuklatilsin.
  5. Tuman G`aznachilik xizmati bo`limi (A.G`aybullayev) ushbu mablag`larni tegishli tartibda moliyalashtirilishi ta’minlasin, ushbu mablag`ni manzilli ro`yxatda ko`rsatilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo`naltirsin va ushbu mablag`larning boshqa maqsadlarga ishlatilishi ta’qiqlansin.
  6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman Kengashining “Mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari” doimiy komissiyasi hamda tuman hokimining birinchi o`rinbosari Z.Ismatov zimmasiga yuklatilsin.
  7. Mazkur qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.

Kengash raisi                    X.Alimardanov

vi-49-105-3-43-k_23.pdf [237,38 Kb] (юклаб олинди: 6)

Онлайн: vi-49-105-3-43-k_23.pdf

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар