“Ochiq byudjet” axborot portalida ovoz berish jarayonida g`olib bo`lgan tashabbuslarga fuqarolar tashabbusi jamg`armasi mablag`larini yo`naltirish to`g`risida.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ-5072-sonli va Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 22-apreldagi KQ-213-IV-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash, Moliya vazirligining 2021-yil 6-sentyabrdagi WV82767631-sonli ko`rsatma xati hamda tuman iqtisodiyot va moliya bo`limi mudiri M.Eshboyevning bildirgisini inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari tuman Kengashi
QAROR QILADI:
- Tuman hokimining birinchi o`rinbosari Z.Ismatovning joriy yilning 17-iyulidan 7-avgustiga qadar “Openbudget.uz” veb-sayti orqali mavjud mahalliy muammolarni bartaraf etish maqsadida tumanda istiqomat qiluvchilar uchun ahamiyatga ega bo`lgan har xil mazmundagi jami 134 ta takliflar bildirilganligi, 7-avgustdan 27-avgustga qadar ushbu takliflarning barchasi moderatsiyadan o`tkazilib, 86 ta tashabbuslar ovoz berish uchun qabul qilinganligi, 48 ta tashabbuslar turli xil sabablarga ko`ra rad etilib, 27-avgustdan 16-sentyabrga qadar 86 ta tashabbuslar ovoz berish jarayonida ishtirok etganligi hamda ovoz berish yakunlariga ko`ra 4 ta tashabbus eng ko`p ovoz to`plab g`olib bo`lganligi hamda jamg`armada 3 996,7 (uch milliard to`qqiz yuz to`qson olti million yetti yuz ming) mln.so`m mablag` shakllanganligi to`g`risidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
- G`olib takliflar va ularga ajratiladigan mablag`lar ro`yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
- Moliya vazirligining yuqoridagi ko`rsatma xatiga ko`ra g`olib takliflarni moliyalashtirish manzilli ro`yxati shakllantirilsin va g`olib takliflarni moliyalashtirish uchun buyurtmachi tashkilot sifatida tuman tibbiyot birlashmasi, ixtisoslashtirilgan maktab va sport maktabi etib belgilansin.
- Tuman hokimligi bosh hisobchisi B.Muxiddinovga g`olib deb topilgan takliflarga fuqarolar tashabbusi jamg`armasidan ilovada keltirilgan amalga oshirishning aniqlangan qiymati miqdorida mablag` ajratish vazifasi yuklatilsin.
- Tuman G`aznachilik xizmati bo`limi (A.G`aybullayev) ushbu mablag`larni tegishli tartibda moliyalashtirilishi ta’minlasin, ushbu mablag`ni manzilli ro`yxatda ko`rsatilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo`naltirsin va ushbu mablag`larning boshqa maqsadlarga ishlatilishi ta’qiqlansin.
- Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman Kengashining “Mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari” doimiy komissiyasi hamda tuman hokimining birinchi o`rinbosari Z.Ismatov zimmasiga yuklatilsin.
- Mazkur qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.
Kengash raisi X.Alimardanov
Онлайн:
vi-49-105-3-43-k_23.pdf
скачать dle 12.0