Телефонлар:
(0372) 372-12-44
(0372) 372-14-40
» » Аrnasoy tumanida jamoatchilik fikri asosida “Ochiq byudjet” axborot portalida shakllangan loyihalarni ishchi komissiya tomonidan va tegishliligi bo`yicha soha tashkilotlarining xulosalariga asosan rad qilish hamda ovozga qo`yish to`g`risida.

Аrnasoy tumanida jamoatchilik fikri asosida “Ochiq byudjet” axborot portalida shakllangan loyihalarni ishchi komissiya tomonidan va tegishliligi bo`yicha soha tashkilotlarining xulosalariga asosan rad qilish hamda ovozga qo`yish to`g`risida.

23 март 2023 йил
92
0

Аrnasoy tumanida jamoatchilik fikri asosida “Ochiq byudjet” axborot portalida shakllangan loyihalarni ishchi komissiya tomonidan va tegishliligi bo`yicha soha tashkilotlarining xulosalariga asosan rad qilish hamda ovozga qo`yish to`g`risida.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risidagi”gi PQ-5072-sonli hamda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 22-apreldagi KQ-213-IV-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash, jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish, baholash, tanlab olish va ijrosini monitoring qilish tuman ishchi komissiyaning 2023-yil 17- martdagi 02-15-sonli yig`ilish bayonini inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari Kengashi

QАROR QILАDI:

  1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risidagi”gi PQ-5072-sonli hamda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 22-apreldagi KQ-213-IV-sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
  2. Аrnasoy tuman Iqtisodiyot va moliya bo`limi (moderator)ning O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Openbudget.uz rasmiy veb-saytidan olingan tumanga tegishli 100 ta loyihalar va ishchi komissiya aʼzolari tomonidan o`zlariga tegishli loyihalar bo`yicha berilgan xulosalari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
  3. Ishchi komissiya aʼzolari tomonidan fuqarolarning tashabbusi bilan berilgan loyihalarning belgilangan mezonlarga mos kelmaganligi, bir-birini takrorlovchi loyihalar va boshqa sabablarga ko`ra tegishli soha tashkilotlarning xulosalariga muvofiq 21 ta loyihalar rad qilinganligi hamda belgilangan mezonlarga mos kelgan va ovoz berish jarayoni uchun 79 ta loyihalar o`tkazilganligi maʼlumot qabul qilinsin.
  4. O`zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 22- dekabrda qabul qilinib, Senat tomonidan 2022-yil 27-dekabrda maʼqullangan “O`zbekiston Respublikasining 2023-yil uchun Davlat byudjetini tasdiqlash to`g`risida”gi 2022-yil 30-dekabrdagi O`RQ-813-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan hamda xalq deputatlari Аrnasoy tuman Kengashining 2022-yil 30-dekabrdagi VI-44-225-3-43-K/22-sonli qaroriga muvofiq 2023-yil uchun tasdiqlangan byudjet parametrlariga asosan Аrnasoy tumani mahalliy byudjeti umumiy miqdorining 5 foizi, 1-mavsum uchun rejalashtirilgan 50 foizi, yaʼni 3000,0 mlrd.so`m,              2023-yil boshiga saqlangan erkin qoldiq mablag`lari hisobidan 433,2 mln.so`m, 2023-yil boshiga 260,0 mln.so`m qoldiq mablag`lar bilan jami 3693,2 mlrd.so`m “Fuqarolar tashabbusi jamg`armasi”da shakllanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
  5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman Kengashining “Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari” doimiy komissiyasi hamda tuman hokimining birinchi o`rinbosari, jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish, baholash, tanlab olish hamda ijrosini monitoring qilish bo`yicha tuman ishchi komissiyasi raisi Z.Ismatov zimmasiga yuklatilsin.
  6. 6. Mazkur qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.

 

Tuman Kengashi raisi                           X.Аlimardanov

qaror-ochiq-byudjet-loyihalari.pdf [233,14 Kb] (юклаб олинди: 4)

Онлайн: qaror-ochiq-byudjet-loyihalari.pdf

 


 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар