Телефонлар:
(0372) 372-12-44
(0372) 372-14-40

Tuman haqida

Arnasoy tumani — Jizzax viloyatidagi tuman, 1975-yil 26-noyabrda tashkil etilgan. Shimoliy va shimoli-gʻarbda Forish, janubida Zafarobod, janubi-sharqda Paxtakor, sharqda Doʻstlik, shimoli-sharqda Mirzachoʻl tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 1.23 ming km². Aholisi 44000 mingdan ortiq kishi (2022).

Arnasoy tumanida 13 ta qishloq fuqarolari yigʻini (Tinchlik, Doʻstlik, Gulbahor, Zarafshon, Baxtli, Choʻlquvar, Yangiboʻston, Chinobod, Ga'fur G'ulom, G'oliblar, Oltin Vodiy, Bobur, Bo'ston) bor. Markazi — Gʻoliblar shahri.

Tabiati. Tuman relyefi asosan tekislik va pasttekisliklardan iborat. Yer yuzasi shimoliy va shimoli-gʻarbdan janubiy va janubi-sharqqa tomon asta-sekin koʻtarila boradi. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi — G, — 5°, iyul-niki 30° gacha. Yiliga oʻrtacha 150 — 300 mm yogʻin tushadi. Arnasoy tumanining shimoliy qismida Aydar koʻli joylashgan. Tuprogʻi asosan boʻz-qoʻngʻir tuproq, shimoli-sharqiy qismida qisman shoʻrxoklar bor. Tumanning choʻl joylarida chala butalar, sak-sovul, efemer va efemeroidlar oʻsadi. Kemiruvchilardan qoʻshoyoq, yumronqoziq, quyon; sudralib yuruvchilardan kaltakesak, ilonlar; yirtqichlardan boʻri, tulki, boʻrsiq; hasharotlardan chayon, falanga; qushlardan toʻrgʻay, soʻfitoʻrgʻay, boyoʻgʻli yashaydi.

Arnasoy tumani hududida Arnasoy davlat ornitologiya buyurtma hududi tashkil etilgan. Aholisi: asosan, oʻzbeklar; shuning-dek rus, qozoq, tojik, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholi zichligi 1 km²ga oʻrtacha 90 kishi.

Xoʻjaligi. Arnasoy tumani xoʻjaliklari paxtachilik, gʻallachilik, polizchilik, chorvachilik, baliqchilikka ixtisoslashgan. Paxta tozalash zavodi, 5 paxta tayyorlash punkti bor. Arnasoy tumanida 7 jamoa xoʻjaligi, 11 tokchilik xoʻjaligi mavjud. 20 ming ga yerga paxta, 5 ming ga yerga gʻalla, qariyb 1000 ga yerga sabzavot ekiladi; tokzor va bogʻlar 1000 ga ni tashkil qiladi.

1996/97 oʻquv yilida 11 umumiy taʼlim maktabida 4 mingdan ziyod oʻquvchi taʼlim oldi. 60 bolalar bogʻchasida qariyb 21000 bola tarbiyalanmoqda. 4 klub, 6 madaniyat markazi, 10 kutubxona, 3 kasalxona, 2 ambulatoriya boʻlib, 90 vrach, 150 dan ziyod oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi. „Arnasoy tongi“ tuman gazetasi 1977-yildan chiqadi.

фильмы бесплатно
Фойдали ҳаволалар