Телефонлар:
(0372) 372-12-44
(0372) 372-14-40
» » 2023-yil 1-chorakda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisobotini tasdiqlash to‘g‘risida

2023-yil 1-chorakda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisobotini tasdiqlash to‘g‘risida

19 апрель 2023 йил
80
0

2023-yil 1-chorakda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan

tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar

hisobotini tasdiqlash to‘g‘risida.

  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi “Byudjet ma’lumotlarining ochiqligini va budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3917-sonli hamda 2021-yil 13-apreldagi PQ-5072-sonli “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari qabul qilindi hamda Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 18-apreldagi KQ-334-IV-son qaroriga asosan tuman (shahar) byudjetlari mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo‘naltirish tartibi to‘g‘risida”gi Namunaviy Nizom tasdiqlandi. Ushbu qarorga asosan 2022-yil 29-sentyabrda Xalq depututlari Arnasoy tuman Kengashining VI-42-179-3-43-K/22-sonli qarori qabul qilindi va ushbu tasdiqlangan namunaviy Nizomning 33-76-bandlari ijrosini ta’minlash, “Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari tuman Kengashi

 

QAROR QILADI:

 

  1. Xalq deputatlari tuman Kengashining 2022-yil 29-sentyabrdagi “Mahalliy byudjet mablag‘lari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini ta’minlash to‘g‘risida”gi VI-42-179-3-43-K/22-sonli qarori bilan tasdiqlangan namunaviy Nizomning 33-76-bandiga asosan 2023-yil 1-chorakda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar yuzasidan tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig`i M.Eshboyevning hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
  2. 2023-yil 1-chorakda o‘tkazilgan tashabbusli byudjet jarayoni yakunlariga ko‘ra ishlarni amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘lar va shartnomalarga muvofiq yakuniy mablag‘larga nisbatan bo‘shab qolgan (iqtisod qilingan) qismini jamg‘armaga qayta tiklash miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar 1-5-ilovalarga asosan tasdiqlansin.
  3. Tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi (M.Eshboyev) hamda tuman g‘aznachilik bo‘linmasi (A.G‘aybullayev)larga shartnomalarga muvofiq yakuniy mablag‘larga nisbatan bo‘shab qolgan (iqtisod qilingan) qismini jamg‘armaga belgilangan tartibda qayta tiklash vazifasi yuklatilsin.
  4. Tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi (M.Eshboyev), tuman hokimligi axborot xizmati (R.Nurmatov)lar tashabbusli budjetlashtirish natijalari bo‘yicha ma’lumotlarni “Ochiq budjet” axborot portali hamda tumanning rasmiy veb-saytlariga joylashtirish va har chorak yakunlariga ko‘ra, keyingi chorak birinchi oyining 25-sanasiga qadar joylashtirib borsinlar.
  5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman Kengashining “Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari” doimiy komissiyasi hamda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Z.Ismatov zimmasiga yuklatilsin.
  6. Ushbu qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.

 

                    Kengash raisi                X.Alimardanov

vi-47-50-3-43-k_23-1.pdf [250,28 Kb] (юклаб олинди: 6)

Онлайн: vi-47-50-3-43-k_23-1.pdf

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар