Телефонлар:
(0372) 372-12-44
(0372) 372-14-40
» » Tuman mahalliy byudjetining 2024-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga mablag‘ o‘tkazish to‘g‘risida.

Tuman mahalliy byudjetining 2024-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga mablag‘ o‘tkazish to‘g‘risida.

29 январь 2024 йил
69
0

Tuman mahalliy byudjetining 2024-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga mablag‘ o‘tkazish to‘g‘risida.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 22-apreldagi KQ-213-IV-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 6-,24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari tuman Kengashi

QАROR QILАDI:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 22-apreldagi KQ-213-IV-sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
  2. Tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi (M.Eshboyev)ga tuman mahalliy byudjetining 2024-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazish uchun 468,216 (to‘rt yuz oltmish sakkiz million ikki yuz o‘n olti ming) mln.so‘m mablag‘ni tuman hokimligiga ajratish vazifasi topshirilsin.
  3. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Z.Ismatov hamda tuman hokimligi bosh hisobchisi B.Muxiddinovlarga ajratilgan mablag‘ni “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazish vazifasi yuklatilsin.
  4. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Z.Ismatov va tuman hokimi o‘rinbosari F.Аdilovlar ajratilgan mablag‘ni maqsadli ishlatilishini taʼminlasinlar.
  5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman Kengashining “Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish,investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari” doimiy komissiyasi hamda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Z.Ismatov zimmasiga yuklatilsin.
  6. Mazkur qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.

 

                            Kengash raisi                 X.Alimardanov

vi_51_6_3_43_k_24_erkin_oldi_468_2_ming_sm.pdf [232,96 Kb] (юклаб олинди: 0)

Онлайн: vi_51_6_3_43_k_24_erkin_oldi_468_2_ming_sm.pdf

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар