Телефонлар:
(0372) 372-12-44
(0372) 372-14-40
» » 2023-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo`naltirilgan mablag`lar hisobotini tasdiqlash to`g`risida

2023-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo`naltirilgan mablag`lar hisobotini tasdiqlash to`g`risida

17 октябрь 2023 йил
131
0

2023-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo`naltirilgan mablag`lar hisobotini tasdiqlash to`g`risida. 

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi “Byudjet maʼlumotlarining ochiqligini va byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3917-sonli hamda 2021-yil 13-apreldagi PQ-5072-sonli “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarorlari ijrosini ta’minlash, Oliy Majlis Senatining 2021-yil 18-apreldagi KQ-334-IV-son qaroriga asosan tuman (shahar) byudjetlari mablag`larini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo`naltirish tartibi to`g`risida”gi Namunaviy Nizom va 2022-yil 29-sentyabrda Xalq deputatlari tuman Kengashining VI-42-179-3-43-K/22-sonli qarori, ushbu tasdiqlangan namunaviy Nizomning 33-76-bandlari ijrosini taʼminlash, “Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari tuman Kengashi

 

QАROR QILАDI:

  1. Xalq deputatlari tuman Kengashining 2022-yil 29-sentyabrdagi “Mahalliy byudjet mablag`lari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini taʼminlash to`g`risida”gi VI-42-179-3-43-K/22-sonli qarori bilan tasdiqlangan namunaviy Nizomning 33-76-bandiga asosan 2023-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo`naltirilgan mablag`lar yuzasidan tuman iqtisodiyot va moliya bo`limi mudiri M.Eshboyevning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
  2. 2023-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo`naltirilgan mablag`lar, yaʼni tashabbusli byudjetlashtirish natijalari natijalari to`g`risidagi maʼlumotlar 1-5-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
  3. Tuman iqtisodiyot va moliya bo`limi (M.Eshboyev) hamda tuman g`aznachilik bo`linmasi (А.G`aybullaev)larga shartnomalarga muvofiq yakuniy mablag`larga nisbatan bo`shab qolgan (iqtisod qilingan) qismini jamg`armaga belgilangan tartibda qayta tiklash vazifasi yuklatilsin.
  4. Tuman iqtisodiyot va moliya bo`limi (M.Eshboyev), tuman hokimligi axborot xizmati (R.Nurmatov)lar tashabbusli byudjetlashtirish natijalari bo`yicha maʼlumotlarni “Ochiq byudjet” axborot portali hamda tuman hokimligi rasmiy veb-saytlariga joylashtirish va har chorak yakunlariga ko`ra, keyingi chorak birinchi oyining 25-sanasiga qadar joylashtirib borsinlar.
  5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman Kengashining “Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari” doimiy komissiyasi hamda tuman hokimining birinchi o`rinbosari Z.Ismatov zimmasiga yuklatilsin.
  6. Ushbu qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.

                             Кengash raisi              X.Alimardanov

qaror-open-byudjet-2023-yil-3-chorak-hisoboti.pdf [264,29 Kb] (юклаб олинди: 8)

Онлайн: qaror-open-byudjet-2023-yil-3-chorak-hisoboti.pdf

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар