slot gacor
slot gacor
 2023-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni molilashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisobotini tasdiqlash to‘g‘risida » Арнасой тумани ҳокимлиги расмий сайти
Телефонлар:
(0372) 372-12-44
(0372) 372-14-40
» » 2023-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni molilashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisobotini tasdiqlash to‘g‘risida

2023-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni molilashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisobotini tasdiqlash to‘g‘risida

24 январь 2024 йил
101
0

2023-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni molilashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisobotini tasdiqlash to‘g‘risida.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil28-avgustdagi“Byudjet maʼlumotlarining ochiqligini va byudjet jarayonida fuqarolarning faolishtirokini taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3917-sonli hamda 2021-yil 13-apreldagi PQ-5072-sonli “Byudjetjarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosini ta’minlash,Oliy Majlis Senatining 2021-yil 18-apreldagi KQ-334-IV-son qaroriga asosan tuman(shahar) byudjetlari mablag‘larini jamoatchilik fikri asosidashakllantirilgan tadbirlarga yo‘naltirish tartibi to‘g‘risida”gi Namunaviy Nizom va 2022-yil 29-sentyabrdaxalq deputatlari tuman Kengashining VI-42-179-3-43-K/22-sonli qarori, ushbu tasdiqlangan namunaviy Nizomning 33-76-bandlari ijrosini taʼminlash, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari tuman Kengashi

 

QАROR QILАDI

1.Xalq deputatlari tuman Kengashining 2022-yil 29-sentyabrdagi “Mahalliy byudjet mablag‘lari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini taʼminlash to‘g‘risida”gi VI-42-179-3-43-K/22-sonli qarori bilan tasdiqlangan namunaviy Nizomning 33-76-bandiga asosan 2023-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar yuzasidan tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi mudiri M.Eshboyevning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.

2.2023-yilda jamoatchilikfikri asosidashakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilganmablag‘lar,yaʼni tashabbusli byudjetlashtirish natijalari natijalari to‘g‘risidagi maʼlumotlar 1-5-ilovalarga muvofiq tisdiqlansin.

3.Tumaniqtisodiyot vamoliyabo‘limi (M.Eshboyev) hamda tuman g‘aznachilik xizmati bo‘linmasi(А.G‘aybullaev)larga shartnomalarga muvofiq yakuniy mablag‘larga nisbatanbo‘shab qolgan (iqtisod qilingan) qismini jamg‘armaga belgilangan tartibda qayta tiklash vazifasi yuklatilsin.

  1. Tumaniqtisodiyot va moliyabo‘limi (M.Eshboyev),tuman hokimligi axborot xizmati (R.Nurmatov)lar tashabbusli byudjetlashtirish natijalari bo‘yicha maʼlumotlarni “Ochiq byudjet” axborot portali hamda tuman hokimligi rasmiy veb-saytlariga joylashtirish va har chorak yakunlariga ko‘ra, keyingi chorak birinchi oyining 25-sanasiga qadar joylashtirib borsinlar.
  2. Mazkurqarorning ijrosini nazorat qilish tuman Kengashining “Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari ”doimiy komissiyasi hamda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Z.Ismatov zimmasiga yuklatilsin.
  3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.

1.pdf [271,8 Kb] (юклаб олинди: 3)

Онлайн: 1.pdf

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар