slot gacor
slot gacor
 XALQ DEPUTATLARI ARNASOY TUMANI KENGASHINING QARORI » Арнасой тумани ҳокимлиги расмий сайти
Телефонлар:
(0372) 372-12-44
(0372) 372-14-40
» » XALQ DEPUTATLARI ARNASOY TUMANI KENGASHINING QARORI

XALQ DEPUTATLARI ARNASOY TUMANI KENGASHINING QARORI

07 март 2024 йил
65
0

Arnasoy tumanida jamoatchilik fikri asosida “Ochiq byudjet” axborot portalida shakllangan loyihalarni ishchi komissiya tomonidan va tegishliligi bo‘yicha soha tashkilotlarining xulosalariga asosan rad qilish hamda ovozga qo‘yish to‘g‘risida.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi”gi PQ-5072-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2024-yil 30-yanvardagi КҚ-666-IV-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash, jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish, baholash, tanlab olish hamda ijrosini monitoring qilish bo‘yicha tuman ishchi komissiyasining 2024-yil 7 martdagi 01-50-sonli yig‘ilish bayonini inobatga olib hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-,24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari Kengashi

QAROR QILADI: 

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi”gi PQ-5072-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2024-yil 30-yanvardagi КQ-666-IV-sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
  2. Arnasoy tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi (moderator)ning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Openbudget.uz” rasmiy veb-saytidan olingan tumanga tegishli 98 ta loyihalar va ishchi komissiya a’zolari tomonidan o‘zlariga tegishli loyihalar bo‘yicha berilgan xulosalari ma’lumot uchun qabul qilinsin.
  3. Ishchi komissiya a’zolari tomonidan fuqarolarning tashabbusi bilan berilgan loyihalarning belgilangan mezonlarga mos kelmaganligi, bir-birini takrorlovchi loyihalar va boshqa sabablarga ko‘ra tegishli soha tashkilotlarining xulosalariga asosan 9 ta loyihalar rad qilinganligi hamda 89 ta loyihalar belgilangan mezonlarga mos kelganligi sababli ovoz berish jarayoni uchun o‘tkazilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
  4. O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil21-noyabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2023-yil 20-dekabrda ma’qullangan “O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil uchun Davlat byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-886-sonli qonuni bilan tasdiqlangan hamda xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining 2023-yil 29-dekabrdagi VI-50-144-3-43-K/23-sonli qaroriga muvofiq 2024-yil uchun tasdiqlangan byudjet parametrlariga asosan tuman mahalliy byudjeti umumiy miqdorining 5 foizi, ya’ni 1-mavsum uchun rejalashtirilgan 50 foizi 4 471,1 mln.so‘m, “Mening yo‘lim” loyihasi uchun 4 000,0 mln.so’m, 2024-yil boshiga saqlangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan 468,2 mln.so‘m, 1-mavsum yil boshiga 431,1 mln.so‘m qoldiq mablag‘lari bilan jami 9 370,4 mln.so‘m “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”da shakllanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
  1. Mazkur qarorningijrosini nazorat qilish jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish, baholash, tanlab olish hamda ijrosini monitoring qilish tuman ishchi komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
  1. Ushbu qaror “Arnasoy tongi” gazetasida rasman e’lon qilinsin hamda tuman hokimligining “arnasoy.uz” rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
  1. Mazkur qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.

Кенгаш раиси                        Х.Алимарданов

vi-51-39-3-43-k_24.pdf [574,44 Kb] (юклаб олинди: 1)

Онлайн: vi-51-39-3-43-k_24.pdf

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар