Телефонлар:
(0372) 372-12-44
(0372) 372-14-40
» » 2023-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni molilashtirishga yo`naltirilgan mablag`lar hisobotini tasdiqlash to`g`risida

2023-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni molilashtirishga yo`naltirilgan mablag`lar hisobotini tasdiqlash to`g`risida

03 август 2023 йил
104
0

2023-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni molilashtirishga yo`naltirilgan mablag`lar hisobotini tasdiqlash to`g`risida

 

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi “Byudjet maʼlumotlarining ochiqligini va byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3917-sonli hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ-5072-son “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori qabul qilindi hamda Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 18-apreldagi KQ-334-IV-son qaroriga asosan tuman (shahar) byudjetlari mablag`larini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo`naltirish tartibi to`g`risida”gi Namunaviy Nizom tasdiqlandi. Ushbu qarorga asosan 2022-yil 29-sentyabrda Xalq depututlari Аrnasoy tuman Kengashining VI-42-179-3-43-K/22-sonli qarori qabul qilindi va ushbu tasdiqlangan namunaviy Nizomning 33-76-bandlari ijrosini taʼminlash hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari tuman Kengashi 

QАROR QILАDI:

  1. Xalq deputatlari tuman Kengashining 2022 yil 29 sentyabrdagi “Mahalliy byudjet mablagʼlari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini taʼminlash toʼgʼrisida”gi VI-42-179-3-43-K/22-sonli qarori bilan tasdiqlangan namunaviy Nizomning 33-76-bandiga asosan 2022-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo`naltirilgan mablag`lar yuzasidan tuman hokimligi moliya bo`limi mudiri M.Eshboyevning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
  2. 2023-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo`naltirilgan mablag`lar, yaʼni tashabbusli byudjetlashtirish natijalari natijalari to`g`risidagi maʼlumotlar 1-5 ilovalarga muvofiq tisdiqlansin.
  3. Tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi (M.Eshboyev) hamda tuman gʼaznachilik boʼlinmasi (А.Gʼaybullaev)larga shartnomalarga muvofiq yakuniy mablag`larga nisbatan bo`shab qolgan (iqtisod qilingan) qismini jamg`armaga belgilangan tartibda qayta tiklash vazifasi yuklatilsin.
  4. Tuman iqtisodiyot va moliya bo`limi (M.Eshboyev), tuman hokimligi axborot xizmati (R.Nurmatov)lar tashabbusli byudjetlashtirish natijalari bo`yicha maʼlumotlarni “Ochiq byudjet” axborot portali hamda tuman hokimligi rasmiy veb-saytlariga joylashtirish va har chorak yakunlariga koʼra, keyingi chorak birinchi oyining 25-sanasiga qadar joylashtirib borsinlar.
  5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman Kengashining “Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari” doimiy komissiyasi hamda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Z.Ismatov zimmasiga yuklatilsin.
  6. Ushbu qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.

                        Kengash raisi                    X.Alimardanov


2vi-48-85-3-43-k_23-2.pdf [262,1 Kb] (юклаб олинди: 4)

Онлайн: 2vi-48-85-3-43-k_23-2.pdf

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар