Tashabbusli byudjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida
Tashabbusli byudjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida.
Aholini tashabbusli byudjet jarayoniga keng jalb qilishni yanada kuchaytirish, byudjet mablag‘larining bir qismini jamoatchilik fikri asosida yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni izchil davom ettirish, shuningdek, o‘tgan davr mobaynida orttirilgan tajribani inobatga olgan holda mazkur tizimni yanada takomillashtirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi KQ-666-IV-sonli qarori ijrosini ta’minlash, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 6-, 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari tuman Kengashi
QAROR QILADI :
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi KQ-666-IV-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
- Tashabbusli byudjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
- Tashabbusli byudjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning tegishli jadvallari 2-8-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
- Belgilansinki, “Mening yo‘lim” loyihasi 2024-yildan boshlab Tashabbusli byudjet jarayonining 1-mavsumi doirasida o‘tkaziladi.
Bunda “Mening yo‘lim” loyihasi uchun kozda tutilgan mablag‘lar Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasiga yo‘naltirilgan holda mazkur qaror ilovasida keltirilgan nizom talablari asosida sarflanadi.
- Mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi X.Alimardanov
Онлайн: vi-51-20-3-43-k_24.pdf