slot gacor
slot gacor
 XODIMLARINI "OPEN BUDGET"GA OVOZ YIG‘ISHGA MAJBURLAGAN RAHBARLARGA QANDAY JAVOBGARLIK MAVJUD? » Арнасой тумани ҳокимлиги расмий сайти
Телефонлар:
(0372) 372-12-44
(0372) 372-14-40
» » XODIMLARINI "OPEN BUDGET"GA OVOZ YIG‘ISHGA MAJBURLAGAN RAHBARLARGA QANDAY JAVOBGARLIK MAVJUD?

XODIMLARINI "OPEN BUDGET"GA OVOZ YIG‘ISHGA MAJBURLAGAN RAHBARLARGA QANDAY JAVOBGARLIK MAVJUD?

31 август 2023 йил
187
0

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda turli soha vakillarining  "Open Budget" uchun ovoz yig‘ish ishlariga jalb qilinganlik holatlari yuzasidan xabarlar tarqatilmoqda. 

“Tashabbusli budjetlashtirish amaliyotini yanada takomillashtirish hamda faol mahallalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorning 6-bandiga binoan, tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari doirasida budjet tashkilotlarining rahbar xodimlari tomonidan majburiy ovoz yig‘ish bo‘yicha xodimlarga topshiriq berishlari taqiqlanadi. Bunda majburiy ovoz yig‘ishga majburlash tegishli tashkilot xodimlarini majburiy mehnatga jalb qilish sifatida tasniflanadi. 

Mehnat kodeksining 5-moddasiga asosan majburiy mehnat taqiqlangan.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasiga muvofiq majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘ladi, xuddi shu harakat takroran yoki voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilsa, Jinoyat kodeksining 148²-moddasiga ko‘ra jinoiy javobgarlik belgilanganligi haqida eslatib o‘tamiz. 

Ma’lumot o‘rnida, “Ochiq budjet” uchun ovoz berish jarayonlari joriy yilning 26-avgustdan boshlandi va 15-sentyabrga qadar davom etadi.

 

Shokir Qo‘nishov
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka

ko‘maklashish bo‘limi davlat mehnat xuquq inspektori

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар