Телефонлар:
(0372) 372-12-44
(0372) 372-14-40
» » Intellektual mulk ob’ektlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi

Intellektual mulk ob’ektlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi

25 март 2022 йил
333
0

 

Endilikda, intellektual mulk huquqlarini buzganlik uchun yuridik shaxslar 54 million so‘mgacha jarimaga tortilishi mumkin.

Qonunga muvofiq, tovar belgilari, firma nomlari va sanoat mulkidan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun jarima to‘lash tartibi belgilandi.

Bu esa huquqbuzarlikning jamiyatga, tadbirkorga keltirgan zararidan kelib chiqib, unga qonuniy chora ko’rish, bu kabi huquqbuzarliklarni oldini olish imkonini beradi.

Yuridik shaxslar bir xil tovarlar uchun tovar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomi yoki chalkash darajada o‘xshash belgilardan noqonuniy foydalangan taqdirda, ularga BHMning 100 dan 200 baravari miqdorida jarima solinadi.

Shuningdek, yuridik shaxslar firma nomidan noqonuniy foydalanganlik uchun BHMning 100 dan 200 baravarigacha jarimaga tortiladi.

Avval, O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi 177-moddasiga binoan oʼzganing tovar belgisidan, xizmat koʼrsatish belgisidan, tovar kelibchiqqan joy nomidan yoki firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanish uchun fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʼn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʼn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʼlaredi. Jarima miqdorining kamligi sabab ta'sir kuchi sezilmas va huquqbuzarlik qayta takrorlanish holatlari ko'plab uchraydi.

Shuningdek, “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi qonunga jarima solishning asoslari va tartibini, shuningdek, yuridik shaxslar tomonidan sanoat mulki obyektlari to‘g‘risida giqonun hujjatlarini buzganlik uchun jarima to‘lash tartibini nazarda tutuvchi moddalar kiritilmoqda.

Endilikda, sanoat mulkining tegishli patentlangan obyektini o'z ichiga olgan mahsulot yoki buyumni o'z boshimchalik bilan tayyorlash, foydalanish, olibkirish, sotishga taklifqilish, sotish, fuqarolik muomalasiga boshqacha kiritish yoki shu maqsadda saqlash yuridik shaxslarga BHMning 100 baravaridan ikki yuz baravarigacha (27 mln so'mdan 54 mln so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

Intellektualmulk obyektlari huquq buzarligi uchun jarima miqdorini belgilanishi fuqarolarning o’zgalar huquqini hurmat qilish, ayniqsa tovar belgilari, foydali model, sanoat namunalaridan huquq egasi ruxsatisiz foydalanishni oldini olishga xizmat qiladi.

 

Maqsud ERNAZAROV

Jinoyat ishlari bo’yicha

Arnasoy tuman sudi raisi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар