Телефонлар:
(0372) 372-12-44
(0372) 372-14-40
» » “E-auksion” savdo platformasi orqali Xalq IPOsida ishtirok eting

“E-auksion” savdo platformasi orqali Xalq IPOsida ishtirok eting

15 август 2023 йил
99
0

Xalq IPO’si aslida nima?

IPO, ya’ni Initial Public Offering (birlamchi ommaviy taklif) kompaniyalar o‘z aksiyalarini birinchi marta keng jamoatchilik uchun sotuvga chiqarishidir.

Xalq IPOsi deganda esa kompaniya aksiyalari chet ellik investorlar emas, birinchi navbatda mahalliy aholi uchun savdoga qo‘yilishi nazarda tutiladi. Aholimiz soni, uning moliyaviy savodxonligi oshib borayotganini hisobga olsak, hissadorlar kelishgan holda kompaniyalarning bir qismini millionlab ulushlarga bo‘lib, chakana (retail) investorlarga pullashi – yuz minglab dollar “arzon pul”ni  olib keladi.

O‘zbekistonda IPO qilgan korxona bormi o‘zi?

O‘zbekiston tarixida birinchi marta “Kvars” AJ 2017 yil dekabrida “Toshkent” fond birjasida IPO o‘tkazgan. Shundan keyin “Jizzax plastmassa” AJ ham aksiyalarini ochiq ravishda fond birjasiga joylagan. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish, davlat aktivlarini xususiylashtirish orqali xususiy mulkchilikni kengaytirish, samarasiz ishlayotgan va istiqbolsiz korxonalarni tugatish yuzasidan tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2023-yil 24-martda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 102-son qarori imzolandi. Qarorga muvofiq: aksiya paketlari “bitta aksiya — bitta lot” tamoyili asosida xalq IPOsini o‘tkazish tartibida ommaviy savdolar orqali sotiladigan 40 ta yirik korxonalar aksiyalari savdoga chiqarilishi belgilandi.

Albatta, bu mahalliy qimmatli qog‘ozlar bozorining ildamlashiga turtki bo‘ladi. O‘zbekistondagi kapital tanqisligi ko‘pchilik ishbilarmonlar ham, top menedjerlar ham chuqur anglaydigan haqiqat.

Hozirda “E-auksion” savdo platformasidan 1,5 mln ta foydalanuvchi ro’yxatdan o’tgan. Aksiyalarni sotib olishda “E-auksion” elektron savdo platformasida xalqning barcha qatlamlari uchun soddalashtirilgan va  teng sharoitlar yaratilgan. Mahalliy investorlarga “E-auksion” elektron savdo platformasi, shu jumladan mobil ilovasi orqali real vaqt rejimida ularni identifikatsiya qilish, investitsiya vositachilari bilan shartnoma tuzish va depo hisob raqamini ochish imkoniyati yaratiladi.

Aksiyalarni sotib olish uchun elektron arizalar mahalliy investorning o‘zi tomonidan yoki investorlar nomidan harakat qiluvchi investitsiya vositachisi orqali berilishi mumkin bo‘ladi.

Onlayn auksionlar yakunlariga ko‘ra oldi-sotdi shartnomalari qimmatli qog‘ozlar savdolari tashkilotchilarining savdo maydonchalaridan tashqarida ro‘yxatdan o‘tkaziladi va uning natijasi to‘g‘risidagi ma’lumot investorning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

IPO’lar sarmoya qiluvchi odamlar uchun nima beradi?

IPO’lar ortidan yirik, daromadli va barqaror kompaniyalarni tanlab, ularning aksiyalarini sotib olish odamlarga pul yig‘ish imkoniyatini beradi. O‘zbekistonda pul odatda chorva mollari, AQSh dollari yoki tilla buyumlar ko‘rinishida yig‘iladi. Yoki bankka depozit qilib qo‘yiladi. Bank depozitlari yiliga qayta moliyalash stavkasini hisobga olgan holda omonatlarni foizi bilan to‘laydi. Biroq aksiyalarga uzoq muddatga pul tikishda murakkab daromad degan imkoniyat bo‘lib, biznes rivojlanishi, ulushlarga bo‘lgan talab oshishi tufayli investitsiyalar eksponensial (shiddatli, to‘xtovsiz) o‘sib borishi mumkin. 

 

Farxod Murodov

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish”

AJ Jizzax viloyati hududiy vakili

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар