Телефонлар:
(0372) 372-12-44
(0372) 372-14-40
» » Arnasoy tumanini 2023-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash to‘g‘risida

Arnasoy tumanini 2023-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash to‘g‘risida

23 февраль 2023 йил
181
0

 

Arnasoy tumanini 2023-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash to‘g‘risida.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbarining 2023-yil 20-yanvardagi 02-PA 1-826-sonli topshiriq xatida har bir tuman va shahar bo‘yicha “Yo‘l xaritalari”ni xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlarida tasdiqlash ko‘rsatilgan. Bunda 2023-yilda o‘zlashtiriladigan investisiyalar hajmini keskin oshirish, xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish va yangi xizmat turlarini tashkil etish orqali aholi bandligini ta’minlash topshirig‘i berilgan. Yuqorida bayon etilganlarni inobatga olib hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 6- va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi

QAROR QILADI:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbarining 2023-yil 20-yanvardagi 02-PA 1-826-sonli topshiriq xati hamda tuman hokimining birinchi o`rinbosari Z.Ismatovning “Arnasoy tumanini 2023-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar bo`yicha “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash to‘g‘risida”gi hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
  2. Arnasoy tumanini 2023-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar bo`yicha “Yo‘l xarita”si ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  3. Sektor rahbarlari (X.Alimardanov, X.Gaziyev, R.Ummatqulov, X.Umurov), tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Z.Ismatov hamda mahallalarga biriktirilgan hokim yordamchilariga:

- tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”da berilgan topshiriqlarning ijrosi hamda ushbu dasturga asosan amalga oshiriladigan loyihalarda yaratiladigan yangi ish o‘rinlarining tashkil etilishini nazoratga olish;

- xizmat ko‘rsatish va servis loyihalarini amalga oshirishda tadbirkorlarga ko‘maklashish, kredit, kommunikasiya tarmoqlariga ulanish, auksion orqali yer ajratish va boshqa yo‘nalishlarda yuzaga keladigan muammolarni joyida bartaraf etish choralarini ko‘rish;

- aholiga tayyor biznes rejalar va loyihalar taqdim etish, ularni kasbga o‘qitishdan tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishgacha bo‘lgan bosqichlarni qamrab oluvchi “kompleks xizmatlar” ko‘rsatishni tashkil etish choralarini ko‘rish va ko‘maklashish;

- tumanda xizmatlar sohasining rivojlanganligini baholash tizimini joriy etish orqali davlat organlari va tashkilotlarining bu boradagi faoliyati samaradorligini oshirish va mansabdor shaxslarning mas’uliyatini kuchaytirish;

- yangi xizmat ko‘rsatish ob’yektlarini ishga tushirish va mavjudlarining faoliyatini kengaytirish orqali xizmatlar hajmini oshirish hamda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish;

- tumanda xizmatlar sohasida ish olib boruvchi barcha tadbirkorlik sub’yektlariga ish faoliyatini olib borish uchun qulay shart-sharoit yaratib berish va ularni zarur moliyaviy mablag‘lar bilan ta’minlab borish chora-tadbirlarini amalga oshirish vazifalari yuklatilsin.

  1. Tuman hokimligi axborot xizmati (R.Nurmatov) va “Arnasoy tongi” gazetasi (X.Mirzayev)larga dastur ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritib borish tavsiya etilsin.
  2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman Kengashining “Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohatlarni amalga oshirish, investitsiya va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari” doimiy komissiyasi (M.Suyarov) va tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Z.Ismatov zimmasiga yuklatilsin.
  3. Mazkur qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.

 

Kengash raisi                  X.Alimardanov

qaror-yol-xaritasini-tasdiqlash.pdf [272,07 Kb] (юклаб олинди: 2)

Онлайн: qaror-yol-xaritasini-tasdiqlash.pdf

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар