slot gacor
slot gacor
 NAZORAT REYD TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA » Арнасой тумани ҳокимлиги расмий сайти
Телефонлар:
(0372) 372-12-44
(0372) 372-14-40
» » NAZORAT REYD TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

NAZORAT REYD TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

10 октябрь 2022 йил
220
0

Ma’lumki, Jizzax viloyati transport boshqarmasi tomonidan doimiy ravishda joylarda noqonuniy yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanishga qarshi nazorat reyd tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda. Ming afsuski, hali hanuz o‘tkazilayotgan nazorat reyd tadbirlariga qaramasdan qonun buzilish holatlari uchramoqda.

Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashi deputatlari, Jizzax viloyat transport boshqarmasi mas’ullari tomonidan joriy yilning 4-oktabr kuni Jizzax viloyati IIB YHXB inspektorlari hamda Arnasoy tumani hokimiyati matbuot xizmati bilan hamkorlikda Arnasoy tumani hududi bo‘ylab noqonuniy ravishda yo‘lovchi tashuvchi transport vositalari haydovchilarini aniqlash bo‘yicha nazorat reyd tadbiri olib borildi.

Tadbir davomida “Neksiya” rusumli davlat raqami 25 R 547 EF, 25 U 491 EA va 25 M 690 EA hamda “Kobolt” rusumli davlat raqami 25 G 431 DA bo‘lgan avtotransport vositalari haydovchilarining xujjatlari ko‘zdan kechirilganda litsenziyasiz aholiga pullik transport xizmati ko‘rsatayotganlik holati aniqlandi. Haydovchilarga nisbatan mas’ullar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 176 prim 3 moddasi bilan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, chora ko‘rish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Arnasoy tumani sudiga yuborildi.

Shuningdek, o‘tkazilgan tadbir davomida tuman hududida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan avtotransport haydovchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-maydagi “Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5108-son va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-son “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida”gi hamda 2019 yil 30 iyuldagi 636-sonli “Avtomobil transportida yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlari talablari haqida tushunchalar berildi.

 

Arnasoy tuman hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар