Телефонлар:
(0372) 372-12-44
(0372) 372-14-40
» » Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy" mavzusida tadbir o'tkazildi

Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy" mavzusida tadbir o'tkazildi

17 март 2022 йил
437
0

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan "Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy" tadbiri munosabati bilan 2022 yil 17 mart kuni Arnasoy tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatiladigan Arnasoy tuman Maktabgacha ta'lim bo'limiga qarashli 5-sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida faoliyat yurituvchi xotin-qizlar uchun targ'ibot tadbiri tashkil etildi.

Targ'ibot tadbirida 2022 yil 01 mart kuni davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 81-son- Prezident farmoni qabul qilinganligi va uning mazmun mohiyati ham seminar ishtirokchilariga tushuntirib o‘tildi.

Targ'ibot tadbiri davomida O‘zbekiston Respublikasining mehnat qonunchiligida belgilangan imtiyozlar bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonuni , O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorilari mazmun-mohiyati to'g'risida tadbir ishtirokchilariga batafsil ma'lumot berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarning ish faoliyatida, kundalik hayotda duch kelayotgan muammolari hamda o'zlarini qiziqtirgan savollari yuzasidan berilgan savollarga javoblar berildi.

Arnasoy tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар