Телефонлар:
(0372) 372-12-44
(0372) 372-14-40
» » "Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy" tadbiri doirasida

"Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy" tadbiri doirasida

11 март 2022 йил
842
0

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan "Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy" tadbiri munosabati bilan 2022 yil 11 mart kuni Arnasoy tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatiladigan Arnasoy tuman Xalq ta'limi bo'limi tasarrufidagi 8-sonli IDUMda faoliyat yurituvchi xotin-qizlar uchun seminar tashkil etildi.

Jamiyat va Davlat hayotida ayollarni tutgan o‘rni, ular huquqlarining qonuniy kafolatlari qonunlar bilan belgilangan. Barcha qonunlardan ko‘zlangan maqsad jamiyatda ayol va erkaklarning teng huquqliligini ta’minlash, ularni har tomonlama qo'llab quvvatlash bo‘lib, bu borada amalga oshorilayotgan islohatlar ayollarning huquq va manfaatlariga alohida e’tibor qaratilganligining isboti dalilidir.

Seminarda xodimlariga Gender tenglik tushunchasi, xotin qizlarni tazyiq va zo‘rovonlikdan himoya qilish bilan bog‘liq qonunchilik normalari tanishtirilib, ushbu yo‘nalishda belgilangan huquqlari, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksidagi xotin qizlarga berilgan imtiyozlar batafsil tushuntirildi.

Shuningdek, ayollarni monomarkazlarda kasbga qayta tayyorlash, ayollarni ijtimoiy himoya qilish, oilada ayollar va bolalar huquqlari kabi masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Seminar yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga hamda kundalik xayotda duch kelayotgan muammoli vaziyatlar yuzasidan savollariga javoblar berildi.

Arnasoy tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi.


скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар