Телефонлар:
(0372) 372-12-44
(0372) 372-14-40

Pensiya va nafaqalar

16 январь 2022 йил
242
0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-6155-son Farmoni bo‘yicha pensiya ta’minoti sohasida bir qancha o‘zgarishlar bo‘ldi.

Mazkur Farmon bilan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj, keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsar uchun juda ko‘p qulayliklar yaratildi.

Jumladan 2021 yil 1 iyundan boshlab “uch yil va undan avval tayinlangan, qayta hisoblangan pensiya va nafaqalarni tekshirish hamda ular bo‘yicha aniqlangan ortiqcha to‘lovini undirish” bekor qilindi:

Davlat pensiyalari, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya hamda boshqa to‘lovlarning to‘g‘ri tayinlanishi va to‘lanishini nazorat qilish Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorat departamenti zimmasiga yuklatilgan bo‘lib, pensiya va nafaqalarni to‘g‘ri tayinlanishi va to‘lanishi yuzasidan doimiy ravishda o‘rganish va tekshirish ishlari olib borilgan. Xususan:

Moliya vazirligining 2009 yil 29 noyabrdagi 165-sonli buyrug‘iga asosan, Nazorat-taftish boshqarmasi tomonidan 2010 yilgacha tayinlangan barcha pensiya va nafaqa ishlari 2012 yilning 1 iyuliga qadar yoppasiga o‘rganib chiqilgan;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2018 yil 4 avgustdagi 21/30-18-1074-sonli alohida topshirig‘i bilan, 2013-2017 yillarda fuqarolarga barcha turdagi pensiyalarni tayinlanishi va to‘lanishi qonuniyligi tekshirib chiqildi;

Moliya vazirligining alohida buyruqlari bilan 2013-2019 yillar davomida pensiya ishlari qayta tekshirilib, shu jumladan kameral nazorat tekshirishlari natijasida aniqlangan ortiqcha to‘lovlarni undirilishi monitoring qilingan.

Ushbu ortiqcha to‘lovlarning aksariyati fuqaroning aybi bo‘lmagan holdagi texnik xato yoki arxiv hujjatlarini to‘liq saqlanmaganligi natijasida yuzaga kelgan, shuningdek pensiya ishlarining asosiy qismi bir necha yil avval tayinlanganligi sababli pensionerlardan yirik (pensiya miqdorining bir necha barobari) miqdorda ortiqcha to‘lovlar undirish talab etilmoqda. Bu esa, keksa yoshdagi fuqarolarning haqli e’tirozlariga hamda ularning iqtisodiy holatiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatayotgan edi.

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, tekshirilgan pensiya ishlaridan aniqlangan ortiqcha to‘lovlarning aksariyati qismi 2020 yil 1 yanvar holatiga (qariyb 90%) bir necha yil ilgari (2017 yilgacha) tayinlanganligi sababli pensionerlardan yirik miqdorda ortiqcha to‘lovlar undirishni taqozo etib, keksa yoshdagi fuqarolarning ko‘plab haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 2017 yil 29 noyabrdagi qaroriga asosan ortiqcha to‘langan pensiya miqdorini undirish haqidagi talablarga O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 150-moddasida belgilangan umumiy uch yillik da’vo muddati qo‘llanilishi belgilangan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 dekabrdagi PF-5291-son farmonida pensioner ortiqcha to‘langan summani ushlab qolish bo‘yicha qarordan norozi bo‘lganda, aniqlangan qarzdorlik, aniqlangan sanadan boshlab ko‘pi bilan uch yil uchun sud orqali undirish tartibi qayd etilgan.

Yuqoridagilarni hisobga olib, 2021 yil 1 iyundan boshlab uch yil va undan avval tayinlangan yoki qayta hisoblangan pensiya ishlarini tekshirish hamda ortiqcha to‘lovlarini fuqarolardan undirish tartibi bekor qilindi.

Sherbek HAYITOV

Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi

Arnasoy tuman bo'limi Pensiya va nafaqalar

tayinlash va to'lash sho'basi katta inspektori

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар