Телефонлар:
(0372) 372-12-44
(0372) 372-14-40
» » ARNASOY TUMANI “INSON” IJTIMOIY XIZMATLAR MARKAZI TOMONIDAN YIG’ILISH OTKAZILDI

ARNASOY TUMANI “INSON” IJTIMOIY XIZMATLAR MARKAZI TOMONIDAN YIG’ILISH OTKAZILDI

15 февраль 2024 йил
25
0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko’rsatish xamda uning samarali nazorat tizimini yo’lga qo’yish bo’yicha kompleks chora – tadbirlar to’g’risida”gi  PF-82-sonli farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil qilindi.

Shuningdek ushbu markazga 2024-yil 1-yanvardan boshlab yetim va ota-ona  qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalar himoyasi, vasiylik va homiylik shu jumladan farzandlikka berish tizimini yuritish vazifasi yuklatilgan.

Tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining Bolalarni ijtimoiy himoya qilish shoʻbasi tashabusi bilan tuman ichki ishlar bo’limi, Oʻzbekiston Respublikasi milliy gvardiyasi Arnasoy tumani qo’riqlash bo’limi va tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo’limlari bilan hamkorlikda tumandagi umumta’lim maktablari direktorlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosarlari ishtirokida yig’ilish otkazildi.

Yig’ilishda so’z olganlar Oʻzbekiston Respublikasining “Vasiylik va homiylik to’g’risida”gi Qonuninig16-moddasida Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar aniqlanganda, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari, ta’lim muassasalari va sog‘liqni saqlash muassasalari, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mazkur shaxslar aniqlangan kundan e’tiboran yetti ish kuni ichida ular haqidagi ma’lumotlarni axborot tizimi orqali yoki yozma shaklda vasiylik va homiylik organlariga yuborish belgilab qo’yilganligi va bu boradagi ishlarni to’g’ri tashkil qilish lozimligi, shunungdek Oʻzbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi Qonunining 24-moddasida Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni muqobil joylashtirishning shakllari, Oʻzbekiston Respublikasining “Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Qonuninig 8-moddasidaVoyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalar tizimiva ularning faoliyati bo’yicha tushunchalar berib o`tishib Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 26-maydagi 110-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Vasiylik va homiylik organiga ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish tartibi haqidagi Nizomi”gaasosanta’lim muassasasida tahsil olayotganota-onasining qarovisiz qolgan bolalar va ichkilikka ruju qoʻygan, notinch oilalarda tarbiyalanayotgan bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni belgilangan tartibda tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi Bolalarni ijtimoiy himoya qilish shoʻbasiga taqdim etib borishi tushuntirildi.

Arnasoy tumani hokimligi Axborot xizmati

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар