slot gacor
slot gacor
 O’zbekiston Ekologik partiyasining 5 yilligi munosabati bilan Arnasoy tumani hokimining tabrirgi » Арнасой тумани ҳокимлиги расмий сайти
Телефонлар:
(0372) 372-12-44
(0372) 372-14-40
» » O’zbekiston Ekologik partiyasining 5 yilligi munosabati bilan Arnasoy tumani hokimining tabrirgi

O’zbekiston Ekologik partiyasining 5 yilligi munosabati bilan Arnasoy tumani hokimining tabrirgi

08 январь 2024 йил
129
0

Keyingi vaqtlarda aholimiz orasida tabiatga bo‘lgan ijobiy munosabat yuksak darajada shakllanib bormoqda. Shu bilan birga xalqimizning ekologik madaniyatini mustahkamlanib borishida O‘zbekiston Ekologik partiyasining hissasi katta.

O‘zbekiston Ekologik partiyasi bugun tom ma'noda mustaqil yurtimiz  hayotida xalqimizning siyosiy irodasini ifoda etayotgan faol partiyalardan biriga aylandi. Xalqimiz qalbida tabiatga mehr orqali vatanparvarlik tuyg'usini uyg'otdi. Partiya oʻz elektorati, ayniqsa, deputatlar, yoshlar, xotin-qizlar orqali joylardagi minglab ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni oʻrganib, ularni hal etishda fidokorona mehnat qilib kelmoqda.

Endigina 5 yoshga to‘lishiga qaramasdan ko‘plab ekologik muammolarga partiya tashabbusi bilan yechim topildi. Shu bilan birga, taʼsirchan parlament va jamoatchilik nazoratini olib borib, oʻz fraksiyalari orqali yuzlab qonunchilik tashabbuslarini ilgari surdi, qonunlar ijrosini taʼminlashda faollik ko‘rsatdi. O‘tgan davr mobaynida Jizzax viloyatida ekologiya fidoyilari tomonidan ko‘plab ekologik loyihalar amalga oshirilib kelinayotganligiga guvoh bo‘lib kelmoqdamiz.

Birgina Arnasoy tumani misolida oladigan bo‘lsak, hurmatli Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tumanda yashil belbog‘lar va ekologik bog‘lar partiya faollari ishtirokida tashkil etildi.

Qayd etish joyizki, ekologik talablarga hamda mamlakatimizda yashab turgan barcha millat va elatlarning orzu-umidlariga monand shart-sharoit yuzaga keltirishga hissa qo‘shish kabilarni ustuvor vazifa sifatida o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan partiya kelajak avlodni ekologik barqaror diyorda ulg‘ayishi uchun jasorat ko‘rsatib kelmoqda.

Ushbu islohotlari yuksak partiyaning tabiatni, atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi maqsadlari kelajak avlodga sof, tabiiy muhitni qoldirish uchun xizmat qilishiga ishonaman. Zero, tabiat in'om etgan boyliklar insoniyatning bebaho mulki, noyob xazinasidir, uni asrab-avaylash, e'zozlash va saqlash barchaning insoniylik burchi.

 

Hurmatli O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zolari,

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasining 5 yilligi munosabati bilan, yurt ravnaqi, xalqimiz farovonligi, muxtasar aytganda tabiiy muhitni asrab-avaylash borasida olib borayotgan xayrli va samarali ishlaringizda ulkan zafarlar tilayman!

 

Xurshid ALIMARDАNOV

Arnasoy tumani hokimi 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар