Телефонлар:
(0372) 372-12-44
(0372) 372-14-40
» » KONSTITUTSIYA YANGILANIShIGA QANDAY ZARURAT BOR EDI?

KONSTITUTSIYA YANGILANIShIGA QANDAY ZARURAT BOR EDI?

07 декабрь 2023 йил
101
0

Yangilangan Konstitutsiya O‘zbekiston jamiyatining evolyutsion rivojlanishidan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat bo‘lib, bu ish mamlakat, millat va xalq sifatida keyingi qadamlarimizni aniqlab olishimiz uchun g‘oyat ahamiyatli masala, adolatli jamiyat qurish yo‘lidagi ulkan qadamdir.

So‘nggi olti yilda erishgan yutuqlarimizni, xususan, iqtisodiyot, inson huquqlari, odil sudlov, so‘z va e’tiqod erkinligi, ijtimoiy himoya sohalaridagi yuzlab cheklovlarning olib tashlangani, naqd pul, valyuta, kredit masalalaridagi muammolar hal qilingani, qo‘shnilarimiz bilan oramizdagi 25 yillik “muzlar erigani” va boshqa ijobiy harakatlarortga qaytmasligining konstitutsiyaviy himoyasini ta’minlash zarur edi. Bu yutuqlar, huquq va erkinliklardan nafaqat hozirgi, balki kelajak avlodlarimiz ham emin-erkin foydalanishi uchun, ularni, albatta, Konstitutsiyada muhrlab qo‘yish talab etildi.

Hammamiz guvohi bo‘layapmizki, dunyoda har kuni kutilmagan  xavf-xatar va tahdidlar yuzaga chiqdi. Bugungi ziddiyatli jarayonlar, iqtisodiy qarama-qarshiliklar qachon va nima bilan tugashini bashorat qilib bo‘lmaydi. Hatto, ayrim davlatlarning dunyo xaritasida qolish-qolmasligi savol ostida qolayotgani ham sir emas. Jahondagi qariyb 100 million odam o‘z hayotini saqlash uchun boshqa yurtlarda boshpana izlab yurgani, oziq-ovqat yetishmasligi, energiya resurslari taqchilligi, pandemiya kabi global muammolar rivojlangan davlatlar aholisini ham jiddiy o‘ylantirdiki, bularning bari bizga ham ta’sir ko‘rsatmasligi mumkin emas.

Qolaversa, mintaqamizdagi vaziyat ham bizni jiddiy tashvishga solmay qo‘ymaydi: yonginamizda qariyb 50 yillik notinchlik davom etdi.

Mamlakatimiz har jihatdan katta davlatga aylandi. Aholimiz 2040 yillarga borib 50 millionga yetishi kutilmoqda. jamiyatning yarmidan ko‘pini yoshlar tashkil qiladi. Ularga munosib hayot sharoiti yaratish uchun esa barqaror iqtisodiyot, xavfsiz davlat, samarali boshqaruv, ijtimoiy kafolatlar bo‘lishi lozim.

Bular va boshqa ko‘pdan-ko‘p muammolar yechimi mustahkam huquqiy poydevorni – O‘zbekistonning yangilanayotgan Konstitutsiyasini taqozo etdi.

Bir narsani alohida aytish kerakki, yangi tahrirdagi Konstitutsiya olim-u mutaxassislar tomonidan faqat kabinetlarda yaratilmadi. Balki, dastavval ikki bosqichda xalqimizning fikri, takliflari o‘rganildi, shundan so‘nggina Konstitutsiya loyihasi tayyorlandi. Avvallari esa Konstitutsiya qabul qilishda dastlab loyiha ishlab chiqilib, keyin xalq muhokamasiga qo‘yilar edi.

birinchi bosqichda Konstitutsiya loyihasini shakllantirish uchun fuqarolarimiz 60 mingdan ziyod taklif berishdi. Ularning taxminan har to‘rttasidan bittasi loyihadan joy oldi;

- ikkinchi bosqichda Konstitutsiya loyihasi umumxalq muhokamasiga qo‘yildi. Ommaviy axborot vositalari, Internet tarmoqlari orqali loyiha bilan 5 million aholi tanishib, 150 mingdan ortiq taklif va mulohazalar aytildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvdagi nutqida“Bosh maqsadimiz – har bir yurtdoshimiz ushbu hujjatni mening Konstitutsiyam deb faxrlanadigan mukammal darajaga olib chiqishdir”, deb ta’kidlagan edi.

Shu bilan birga, mehnat jamoalari, oliygohlar, mahalla faollari va ziyolilar bilan bo‘lib o‘tgan muhokamalarda ham yana qariyb 10 mingta qo‘shimcha taklif kelib tushdi. Ayni paytda xalqaro-huquqiy hujjatlar va 190 dan ortiq davlatlar tajribasi o‘rganildi, loyiha 6 turdagi ekspertizadan o‘tkazildi.

Bularning hammasi yangilangan Konstitutsiyada jamiyatning barcha qatlamlari manfaatlari inobatga olingani, Yangi O‘zbekistonni qurish g‘oyasi atrofida butun jamiyat jipslashgani, Bosh Qomusimiz tom ma’noda xalq Konstitutsiyasi bo‘lganidan dalolat beradi. Konstitutsiya loyihasidagi moddalar soni amaldagi 128 tadan 155 taga, normalar soni 275 tadan 434 taga oshdi. Ya’ni, Asosiy qonunimizmatni qariyb 65 foizga ortdi va xalqimiz takliflari asosida yangilandi.

Eng muhimi, tariximizda birinchi marotaba 2023 yilning
30 aprel kuni «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunni xalqimizning o‘zi qabul qildi desak mubolag’a bo‘lmaydi.

 

A.Oripov

O‘zMTDP faoli

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар