slot gacor
slot gacor
 Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy yo’li davlat organlari faoliyatining shaffofligi » Арнасой тумани ҳокимлиги расмий сайти
Телефонлар:
(0372) 372-12-44
(0372) 372-14-40
» » Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy yo’li davlat organlari faoliyatining shaffofligi

Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy yo’li davlat organlari faoliyatining shaffofligi

24 август 2023 йил
169
0

So‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qo‘yishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Korrupsiya iqtisodiyot rivoji, chinakam qulay tadbirkorlik va investitsiyaviy muhit uchun eng asosiy to’siqlardan biridir. Taxlillarga ko’ra, bu illat jahon iqtisodiyotiga har yili o’rtacha 2,6 trillion dollor zarar keltiradi.

            Misol uchun, tahlillarga ko’ra, so’g’liqni saqlash tizimidagi xarajatlarning 25-30 foizi samarasiz sarflanmoqda. Ko’plab sohalarda davlat xaridlarini amalga oshirish tizimi ochiq-oshkora emas.

            Korrupsiyaga qarshi kurashishning eng asosiy yoʻli davlat organlari faoliyati va ish jarayonlarini shaffof qilishdir. Bunda eng asosiy eʼtiborni ishga olish, davlat xaridlari, ruxsatnoma va litsenziyalar berish kabi jarayonlarda ochiq-oshkoralikni taʼminlashga qaratish lozimligi belgilandi jumladan:

            Davlatimiz rahbari yaqinda Oliy Majlisga yoʻllangan Murojaatnomada korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan koʻra barvaqt oldini olishga oʻtish kerakligini taʼkidlab, unga qarshi kurashishga masʼul boʻladigan alohida organ tuzishni taklif qilgan edi.          

            Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6013-son Farmoni bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etilib ushbu orga korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish, davlat organlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa nodavlat sektor vakillarining birgalikdagi samarali faoliyatini taʼminlash, shuningdek, mazkur sohadagi xalqaro hamkorlik uchun masʼul boʻlgan maxsus vakolatli davlat organi etib belgilandi.

            Oʻz faoliyatini qonuniylik, xolislik, hisobdorlik, ochiqlik va shaffoflik prinsiplari asosida boshqa davlat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga boʻysunadi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari oldida hisobdordir.

            Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor tomonidan boshqariladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Agentlik direktorini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisidagi farmonlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan tasdiqlanadi.

            Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilangan.

  • Mamlakatda korrupsiya holatini tizimli tahlil qilishni taʼminlash, shuningdek, korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori boʻlgan sohalar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash;
  • Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini, shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning tizimli sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish;
  • Fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan kompleks dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • Vazirlik va idoralarning korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish, davlat organlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa nodavlat sektor vakillarining ushbu masalalar boʻyicha birgalikdagi samarali faoliyatini tashkil etish;
  • Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizasi samaradorligini taʼminlash va boshqa muhim masalalar.

            Shunday qilib aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash, ularga chek qoʻyish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini taʼminlashda ushbu tizim muhim ahamiyat kasb etadi.

 

 

O.Ergashev

Do’stlik tumanlararo

iqtisodiy sudi sudyasi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Pensiya jamg’armasi – korrupsiyaga qarshi
14 ноябрь 2022, Понедельник
Pensiya jamg’armasi – korrupsiyaga qarshi
QONUN   USTUVORLIGI
30 май 2022, Понедельник
QONUN USTUVORLIGI
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар