Телефонлар:
(0372) 372-12-44
(0372) 372-14-40
» » Davlat tashkilotlarida ochiqlik va shaffoflikni taminlash

Davlat tashkilotlarida ochiqlik va shaffoflikni taminlash

29 июнь 2022 йил
189
0

Arnasoy tuman Madaniyat bo‘limida xodimlar uchun  O’zbekiston Respublikasi Prezidentining  2022 yil 14 iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-154-son Farmonining ijrosi yuzasidan yig’ilish o’tkazildi.

Mazkur yig’ilishda Arnasoy tuman Madaniyat bolimi va tuman yuridik xizmat kursatish markazi xodimlari ishtirok etdi. Dastlab, kun tartibidagi masala yuzasidan tuman Madaniyat bo‘lim mudiri Soxiba Zoidova qonin ijrosiga qisqacha to’xtalib o’tdi.

Yig’lishda so‘z olgan tuman yuridik xizmat kursatish markazi bosh yuristkonsul’ti Abdug’ani Maxmudov - O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 14 iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-154-son Farmoni ijrosiga qaratdi.

Unda fuqarolarning axborotni erkin izlash va olishga doir konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi, shaffofligi va hisobdorligini ta’minlash masalalari qayd etib o’tildi.

Shuningdek, qaror yuzadan ochiqlik borasidagi samaradorlik ko‘rsatkichlarini belgilash hamda faoliyatini ilg‘or xalqaro standartlar asosida baholash tizimini joriy etish to’g’risidagi targ’ibot materallari barcha yig’ilishda ishtirok etgan xodimlarga tarqatildi.

Yig‘ilishda tuman Madaniyat bo’limi xodimlari fikr va mulohazalarini bildirib, o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. 

Orzigul ABDUHAKIMOVA

Arnasoy tuman Madaniyat bo’limi

Yoshlar masalalari bo’yicha mutaxassis

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар