slot gacor
slot gacor
 Pensiya jamg’armasi – korrupsiyaga qarshi » Арнасой тумани ҳокимлиги расмий сайти
Телефонлар:
(0372) 372-12-44
(0372) 372-14-40
» » Pensiya jamg’armasi – korrupsiyaga qarshi

Pensiya jamg’armasi – korrupsiyaga qarshi

14 ноябрь 2022 йил
232
0

Pensiya jamg’armasi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish to’g’risida yig’ilish o’tkazildi.

Unda yuzasidan, Arnasoy tuman Budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi bo’limi boshlig’i T.Qo’shmurodov yig’ilish qatnashchilarini tanishtirib shundan so’ng. Arnasoy tuman  I.I.B JXX XPB praflaktika  inspektori J.Sarimsoqov so’zga chiqib, Budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati to’grisida gapirib o’tdi.

Shundan so’ng  korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati (bundan buyon matnda – Siyosat deb yuritiladi) xodimlar orasida hamda jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyati darajasini oshirish maqsadida Pensiya tizimining organlarining yuqori axloqiy me’yorlarga sodiqligini, shuningdek, pensiya tizimi organlarining xodimlari faoliyatida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga murosasizlik va ularni sodir etishga yo’l qo’ymaslikni aks ettiradi.

“Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimlari – Foydalanish bo’yicha talablar va tavsiyalar” xalqaro standarti talablarini inobatga olgan holda korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha xalqaro tashkilotlar tavsiyalari va yetakchi xalqaro amaliyot asosida O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari talablariga muvofiq ishlab chiqarilgan.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining (keyingi o’rinlarda – Vazirlik deb yuritiladi) hududiy va tarkibiy tuzilmalari ushbu siyosatni faoliyatining ahamiyatini hisobga olgan holda qabul qilishlari, korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarini, mavjud bo’lgan korrupsiya xavfi, tajrbasi va mavjud manbalari asosida ishlab chiqishlari va amalga oshirishlari lozim.

Vazirlikning markaziy apparati, hududiy va tarkibiy tuzilmalari (keyingi o’rinlarda pensiya tizimi organlari) korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:

Pensiya tizimi organlarida korrupsiyani tubdan yo’qotishga erishish;

aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish;

Pensiya tizimi organlari faoliyatining barcha sohalarida korrupsiyani oldini olish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

korrupsiyaviy huqubuzarliklarni o’z vaqtida aniqlash, ularga barham berish, ularning oqibatlari, ularga olib keluvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi tamoyilini ta’minlash.

Siyosat Vazirlikning ichki hujjati sifatida yuqorida ko’rsatilgan asosiy maqsadlarga erishish uchun pensiya tizimi organlari faoliyatida korrupsiya bilan bog’liq huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga barham berishga qaratilgan asosiy talablar va tamoyillarni belgilab beruvchi asos hisoblanadi.

Mazkur siyosatning talablari egallab turgan lavozimi va bajaradigan vazifa va funksiyalaridan qat’iy nazar Vazirlik bilan mehnat muosabatlarida bo’lgan barcha xodimlarga, shu jumladan, hududiy moliya tizimi organlari xodimlariga ham tadbiq etiladi.

Pensiya tizimi organlariga ishga qabul qilinayotgan har qanday shaxs ushbu Siyosat bilan imzo qo’ygan holda tanishishga va uning qoidalariga roya qilishga majbur. 

Sh.Xayitov

Arnasoy tuman Pensiya jamg’armasi bo’limi hodimi

  

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Qonun loyihasi Senatorlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda
21 сентябрь 2022, Среда
Qonun loyihasi Senatorlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda
Pensiya tayinlash muddati qancha
08 август 2022, Понедельник
Pensiya tayinlash muddati qancha
Pensiya tayinlovchi organlar
06 август 2022, Суббота
Pensiya tayinlovchi organlar
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар