slot gacor
slot gacor
 Tabiiy ofatlarga qarshi birgalikda kurashaylik » Арнасой тумани ҳокимлиги расмий сайти
Телефонлар:
(0372) 372-12-44
(0372) 372-14-40
» » Tabiiy ofatlarga qarshi birgalikda kurashaylik

Tabiiy ofatlarga qarshi birgalikda kurashaylik

16 февраль 2023 йил
236
0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-noyabrdagi “Aholi va hududlarni xavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-426-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasining joriy yildagi 20-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida berilgan toprshiqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, Arnasoy tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari va tashkilotlar hamkorlikdagida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Arnasoy tumani FVB hodimlari tomonidan uzluksiz ravishta tuman MFYlari  honadonlarida uyma uy yurib aholi o‘rtasida kuchli yog‘ingarchilik natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan suv toshqinlarini oldini olish borasida targ’ibot tadbirlari o’tkazilib kelinmoqda.

Fuqarolarning yashash uyining oldidan o‘tgan ariq va lotoklarni to‘planib qolgan chiqindilardan tozalash bo‘yicha keng tushuntirish olib borildi. Jumladan, bugungi kunga qadar 1000 dan ortiq aholi yashash xonadonlaridagi 4700 nafar fuqarolarga tushuntirish va targ‘ibot tadbiri amalga oshirildi.

Shuningdek Arnasoy tuman Irrigatsiya bo‘limi tomonidan 2023 yilning bugungi kuniga qadar tuman hududidan oqib o‘tgan LR-18 kanalining 12 km qismida o‘zanlarni va qirg‘oqlarini shoxlardan tozalash, 18 ta gidrotexnik, 15 ta gidorpostlarida inshootlarida ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Xudud bo’ylab LR-15 kanalining esa 5 ta gidrotexnik, 8 ta gidorpostlarida inshootlarida ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan xududlardagi irrigatsiya ariqlari va lotoklarda to‘planib qolgan chiqindilardan tozalash ishlari xax olib borilmoqda.

Shuningdek, bu kabi ishlar samarasi davomida gidrotexnik inshootlar hamda suv xo‘jaligi ob’ektlaridagi nosozliklar, irrigatsiya ariqlarining o‘z vaqtida to‘planib qolgan chiqindilardan tozalanmaganligi sababli 2021 va 2022 yillari bahor mavsumida kuchli yog‘ingarchilik davrida tumanning G‘oliblar va G‘.G‘ulom mahallalaridagi aholi yashsash xonadonlariga yomg‘ir suvlarining to‘planib qolish holatlari kuzatilmoqda. Buning oqibatida insonlarning jabrlanishi hamda katta miqdordagi moddiy talofatlar keltirib chiqarish ehtimoli mavjuddir.

Bunday holatlarda tuman Favqulodda vaziyatlar davlat tizimiga kiruvchi xizmatlarning kuch va vositalarini doimiy shay holatga keltirish, tumanning tezkor shtabini tashkil etish tadbirlari amalga oshirilib, aholi xonadonlaridagi to‘planib qolgan suvlarni chiqarib tashlab, aholiga amaliy yordamlar berish ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.   

 

 Arnasoy tuman hokimligi Axborot xizmati

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар