Телефонлар:
(0372) 372-12-44
(0372) 372-14-40
» » ICHKI ISHLAR ORGANLARI XALQCHIL TUZILMAGA AYLANTIRILADI

ICHKI ISHLAR ORGANLARI XALQCHIL TUZILMAGA AYLANTIRILADI

24 январь 2023 йил
105
0

2023-yil 20-yanvar kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning “Ichki ishlar organlarini xalqchil tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.

Prezident qarori ichki ishlar organlarini aholining ishonchli himoyachisi sifatida xalqchil professional tuzilmaga aylantirish, ularning fuqarolar, jamoat tashkilotlari hamda keng jamoatchilik bilan yaqin hamkorlikda, o‘zaro ishonch va hamjihatlik ruhida ishlashini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

Hujjat bilan Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi tasdiqlangan. Har bir xodim mazkur kodeksda belgilangan qoida va talablarni bilishi, ularga qat’iy va so‘zsiz amal qilishi majburiy etib belgilangan. Kodeks qoida va talablariga amal qilmaslik yoki ularni qo‘pol ravishda buzish xodimni ichki ishlar organlaridan xizmatdan bo‘shatishgacha bo‘lgan intizomiy jazo chorasini qo‘llash uchun acoc bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, kodeksda belgilangan qoida va talablar ichki ishlar organlarida sodir etilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya xatti-harakatlar, suiiste’molchilik va korrupsiya holatlarining barvaqt oldini olish, huquq-tartibot tizimi obro‘yiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi nizoli vaziyatlarni yuzaga keltirmaslikka yo‘naltirilgan. Xodimlar ishga qabul qilingan kundan, egallab turgan lavozimi hamda bajaradigan ishining xususiyatidan qat’i nazar ushbu kodeksga birday rioya etishga majburdir.

Bundan tashqari, ushbu qaror bilan IIV Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti to‘g‘risidagi nizom, ichki ishlar organlarida kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarning Yo‘l xaritasi tasdiqlangan.

Davlat rahbari tomonidan “Ichki ishlar organlarini xalqchil tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror qabul qilinishi ortidan prezidentning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi belgilangan.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар