Телефонлар:
(0372) 372-12-44
(0372) 372-14-40
» » Mehnat shartnomasi qanday tartibda tuziladi

Mehnat shartnomasi qanday tartibda tuziladi

19 январь 2022 йил
465
0

Mehnat shartnomasi — xodim bilan ish beruvchi o‘rtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo‘yicha ishni ichki mehnat tartibiga bo‘ysungan holda taraflar kelishuvi, shuningdek mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuvdir (O‘zR MK 72-modda). Shuningdek, mehnat shartnomasi fuqarolarni ishga qabul qilish, boshqa ishga o‘tkazish va ishdan bo‘shatishni tartibga soluvchi mehnat huquqining instituti sifatida ham namoyon bo‘ladi. Bulardan tashqari mehnat shartnomasi fuqarolarning mehnat qilish huquqlarini amalga oshirish shakli, mehnatga oid huquqiy munosabatlarni keltirib chiqaruvchi va muayyan vaqt davomida amal qilishini ta’minlovchi asos hamdir.

Mehnat shartnomasi – 1) xodim hamda ish beruvchining erki va maqsadini ifoda etuvchi kelishuvdir; 2) erishilgan kelishuvga muvofiq xodim muayyan bir ishni bir marta bajarish majburiyatini emas, balki aniq mutaxassislik, malaka, lavozim bo‘yicha ishni shartnomada ko‘rsatilgan vaqt mobaynida bajarish majburiyatini oladi; 3) kelishuvga muvofiq xodim ma’lum mehnat vazifasini muayyan bir korxona, tashkilot, muassasada bajarish majburiyatini oladi; 4) xodimni mehnat jamoasiga, korxonaning shaxsiy tarkibiga kiritadi va ichki mehnat tartibi qoidalariga bo‘ysunishni bildiradi.

Mehnat shartnomasi – taraflari bo‘lib xodim (16 yoshga to‘lgan fuqarolar, istisno tariqasida ota-onasidan birining yozma roziligi bilan 14 va 15 yoshga to‘lgan fuqarolar) va ish beruvchi (korxonalar, ularning alohida tarkibiy bo‘linmalari o‘z rahbarlari timsolida, mulkdorning o‘zi ayni bir vaqtda rahbar bo‘lgan xususiy korxonalar, o‘n sakkiz yoshga to‘lgan shaxslar) hisoblanadi.

Mehnat shartnomasi – mazmunini taraflarning huquq va majburiyatlari tashkil qiladi. Mehnat shartnomasining mazmuni taraflar kelishuvi bo‘yicha, shuningdek mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilanadi. Mehnat shartnomasi mazmuni asosiy va qo‘shimcha shartlardan tashkil topadi. Mehnat shartnomasining asosiy shartlari deganda, mazkur shartlarning mehnat shartnomasida o‘z aksini topmaganligi uni tuzilganligini haqiqiy emas deb topishga olib keladi. Mehnat shartnomasining asosiy shartlariga ish joyi, mehnat funksiyasi, ishning boshlanish kuni, ish haqi va muddat bilan bog‘liq shartlar kiradi. Mehnat shartnomasi qo‘shimcha shartlari - bu shartlar haqida taraflar kelishishga majbur emaslar. Qo‘shimcha shartlarga xodimga mehnat sharoitlari belgilangan holda qonun osti hujjatlarida nazarda tutilgan qo‘shimcha mehnat majburiyatlarini yuklash, bir necha kasbda ishlash tartibi va shartlari ko‘rsatilgan holda bir necha kasbda ishlash, sinov muddati, ish vaqti rejimi, tijorat sirlarini oshkor qilmaslik, ijtimoiy-maishiy tusdagi boshqa shartlar kiradi.

Mehnat shartnomasi – yozma shaklda tuziladi. Mehnat shartnomasining shakli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 133-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan normativ hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga 1-ilova shaklida tasdiqlangan “Yozma holdagi mehnat shartnomasi(kontrakt) tuzish yuzasidan TAVSIYALAR”ni hisobga olgan ishlab chiqiladi. Mehnat shartnomasi bir xil kuchga ega bo‘lgan kamida ikki nusxada tuziladi va har bir tarafga saqlash uchun topshiriladi.

Mehnat shartnomasi – nomuayyan muddatga, besh yildan ortiq bo‘lmagan muayyan muddatga, muayyan ishni bajarish vaqtiga mo‘ljallab tuzilishi mumkin. Agar mehnat shartnomasida uning amal qilish muddati ko‘rsatilmagan bo‘lsa, mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga tuzilgan hisoblanadi. Nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini xodimning roziligisiz muayyan muddatga, shuningdek muayyan ishni bajarish vaqtiga mo‘ljallab qayta tuzilishi mumkin emas.

 

Rabbim Rajabov

Arnasoy tuman yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi boshlig‘i

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар