slot gacor
slot gacor
 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 fevraldagi PQ–3571-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi 391-son qarori mazmun mihiyati to'g'risida » Арнасой тумани ҳокимлиги расмий сайти
Телефонлар:
(0372) 372-12-44
(0372) 372-14-40
» » O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 fevraldagi PQ–3571-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi 391-son qarori mazmun mihiyati to'g'risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 fevraldagi PQ–3571-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi 391-son qarori mazmun mihiyati to'g'risida

18 май 2022 йил
392
0

Joriy yilning 16 may kuni Arnasoy tuman yuridik xizmat ko'rsatish Markazi tomonidan tuman Maktabgacha ta'lim bo'limida targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

Tadbirda Markaz bosh yuriskonsulti A.G'aybullayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 fevraldagi PQ–3571-son qarori mazmun-mohiyati tadbir ishtirokchilariga yoritib berildi. Ushbu qarorga asosan Maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlarining lavozim maoshlariga qo‘shimcha ustama haqi va rag‘batlantirish to‘lovlari to'lanishi belgilangan 

 

  • 2018-yil 1-martdan boshlab — direktorlar, tarbiyachilar, metodistlar, o‘qituvchilar, defektologlar, psixologlar, musiqa rahbarlari va tarbiyachining yordamchilari mehnatida haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalarini–30 foizga;
  1. a)   2018-yil 1-sentyabrdan boshlab:

oliy ma’lumotli tayyorgarlik (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) guruhi tarbiyachilari o‘qituvchilar, defektologlar, psixologlar mehnatida haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalarini, ularning bazaviy tarif stavkalari miqdorlarini umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinflari o‘qituvchilarining bazaviy tarif stavkalari miqdorlariga tenglashtirgan holda — 30 foizga;

oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar pedagogik ma’lumotli tarbiyachi yordamchisi mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalarini — 20 foizga;

maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalarini — 10 foizga tabaqalashtirib oshirish belgilangan.

Shuningdek, ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi 391-son qaroriga asosan quyidagi to'lovlar to'lanishi belgilanagan^

  • 2019-yil 1-iyundan boshlab davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining, pedagog xodimlar va tibbiyot xodimlarining lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi;
  • 2019-yil 1-sentyabrdan boshlab davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari yordamchilarining, shuningdek, qo‘shma tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi o‘sishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlar bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda ishlaydigan tarbiyachilar, pedagog xodimlar va tibbiyot xodimlari yordamchilarining lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining bugalteriya tizimi markazkazlashganli sababli tizim xodimlarining ish haqlarini hisoblashda yuqaridagi qarorlar talablariga qat'iy rioya etgan holda hisob-kitoblarni to'g'ri amalga oshirish to'g'risida tavsiya berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtrirgan savollariga javob berildi.

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар