slot gacor
slot gacor
 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 04 iyundagi PQ-4351-sonli qarori hamda O'zbekiston Respublikasi Vzirlar mahkamasining 2009 yil 01 apreldagi 91-sonli qarori mazmun-mohiyati to'g'risida » Арнасой тумани ҳокимлиги расмий сайти
Телефонлар:
(0372) 372-12-44
(0372) 372-14-40
» » O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 04 iyundagi PQ-4351-sonli qarori hamda O'zbekiston Respublikasi Vzirlar mahkamasining 2009 yil 01 apreldagi 91-sonli qarori mazmun-mohiyati to'g'risida

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 04 iyundagi PQ-4351-sonli qarori hamda O'zbekiston Respublikasi Vzirlar mahkamasining 2009 yil 01 apreldagi 91-sonli qarori mazmun-mohiyati to'g'risida

18 май 2022 йил
387
0

Arnasoy tuman Yuridik xizmat ko'rsatish Markazi xizmat ko'tsatadigan Tuman Obodonlashtirish boshqarmasida 2022 yil 13 may kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 04 iyundagi PQ-4351-sonli qarori hamda O'zbekiston Respublikasi Vzirlar mahkamasining 2009 yil 01 apreldagi 91-sonli qarori mazmun-mohiyati to'g'risida targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

Tadbirda Markaz bosh yuristkonsulti A.G'aybullayev tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 04 iyundagi PQ-4351-sonli qaroriga asosan Obodonlashtirish xodimlariga berilishi lozim bo'lgan ustama haqi va rag'batlantirish to'lovlari to'g'risida tushuntirishlar berildi.

Jumladan ushbu qarorning 5-bandiga asosan:

  1. a) Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi va Mustaqillik maydonini ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti, shuningdek, Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining ixtisoslashtirilgan boshqarmalari (Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasidan tashqari) xodimlariga — oylik tarif stavkasining (lavozim maoshining) 30 foizi miqdorida;

Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi, Toshkent shahri tumanlarining obodonlashtirish boshqarmalari, Nukus shahri va shaharlar — viloyat markazlari obodonlashtirish boshqarmalari, viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasida — respublika) bo‘ysunuvidagi shaharlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari xodimlariga — oylik tarif stavkasining (lavozim maoshining) 15 foizi miqdorida ustama belgilanadi;

  1. b) obodonlashtirish bo‘linmalari xodimlariga ovqatlanish uchun qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida kompensasiya to‘lanadi;
  2. v) Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning tuman va shahar obodonlashtirish boshqarmalari xodimlari uchun mehnatga haq to‘lash bo‘yicha tarmoq tarif setkasiga muvofiq mehnatga haq to‘lash miqdorlari Toshkent shahri tumanlarining obodonlashtirish boshqarmalari va Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi xodimlari uchun nazarda tutilgan miqdorda belgilanadi;
  3. g) faoliyati hayvonlarning jasadlarini zararsizlantirish va utilizasiya qilish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan obodonlashtirish boshqarmalarining nazoratsiz hayvonlarnitutish bo‘limlari xodimlariga mehnatning zararli sharoitlari uchun — lavozim maoshiga 20 foiz miqdorida ustamalar belgilangan.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Vzirlar mahkamasining 2009 yil 01 apreldagi 91-sonli qaroriga asosan quyidagi ustama haq va rag'batlantirish to'lovlari to'lanadi:

  1. Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi, Toshkent shahri tumanlarining obodonlashtirish boshqarmalari, Nukus shahri va shaharlar — viloyat markazlari obodonlashtirish boshqarmalari, viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasida — respublika) bo‘ysunuvidagi shaharlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari hamda Maxsus ekspluatasiya-montaj bo‘limlari (bo‘linmalari) xodimlariga — oylik tarif stavkasining (lavozim maoshining) 15 foizi miqdorida ustama belgilanadi; obodonlashtirish boshqarmalari hamda Maxsus ekspluatasiya-montaj bo‘limlari (bo‘linmalari) xodimlariga ovqatlanish uchun mehnatga haq to‘lashning qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida kompensasiya to‘lanadi.

Faoliyati hayvonlarning jasadlarini zararsizlantirish va utilizasiya qilish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan obodonlashtirish boshqarmalarining nazoratsiz hayvonlarni tutish bo‘limlari xodimlariga mehnatning zararli sharoitlari uchun — lavozim maoshiga 20 foiz miqdorida ustamalar belgilanadi.

Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasining, Toshkent shahri tumanlari obodonlashtirish boshqarmalari, Nukus va viloyat markazi bo‘lgan shaharlar obodonlashtirish boshqarmalari, viloyatga (Qoraqalpog‘iston Respublikasida respublikaga) bo‘ysunuvchi shaharlar hamda tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari hamda Maxsus ekspluatasiya-montaj bo‘limlari (bo‘linmalari) xodimlariga obodonlashtirish sohasidagi uzluksiz umumiy ish staji (uzoq muddat xizmat qilganligi) uchun quyidagi miqdorlarda har choraklik mukofot to‘lanadi: Uzoq muddat xizmat qilganligi uchun mukofot miqdorini hisoblash uchun oylik tarif stavkasiga nisbatan koeffisiyent 1 yildan 3 yilgacha 0,3 %, 3 yildan 5 yilgacha 0,6 %, 5 yildan 10 yilgacha 0,8 %, 10 yil va undan ko‘p 1,0 % to'lanishi belgilangan.

Tadbir yakunida Xodimlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар