Телефонлар:
(0372) 372-12-44
(0372) 372-14-40
» » Arnasoy tuman hokimligi apparat xodimlari tibbiy koʻrikdan o'tkazildi

Arnasoy tuman hokimligi apparat xodimlari tibbiy koʻrikdan o'tkazildi

10 январь 2024 йил
104
0

Davlat fuqarolik xizmatchilarining sogʻligini mustahkamlash, davolash va qayta tiklash ishlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan tibbiy ko‘rik tashkil qilindi.

Shu bois Arnasoy tuman tibbiyot birlashmasining malakali shifokorlari tomonidan bugun Arnasoy tumani hokimligi apparati xodimlari to‘liq sifatli profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Muhimi, davlat xizmatida ishlayotgan va ko‘p hollarda o‘z salomatligi uchun vaqt topa olmayotgan xizmatchilar ushbu imkoniyatdan mamnun bo‘lishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunda davlat fuqarolik xizmatchisiga tibbiy xizmat ko‘rsatish ijtimoiy himoya chorasi sifatida kafolatlangan.

Arnasoy tumani hokimligi Axborot xizmati

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар