Arnasoy tumani Chinobod mahalla fuqarolar yig`inidagi nomsiz ko`chalarga nom berish to`g`risida
Arnasoy tumani Chinobod mahalla fuqarolar yig`inidagi nomsiz ko`chalarga nom berish to`g`risida.
O`zbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktyabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari to`g`risida”gi O`RQ-303-sonli Qonuni va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktyabrdagi ““Geografik obyektlarning nomlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-sonli qarori ijrosini taʼminlash, geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash to`g`risidagi takliflarni davlat ekspertizasidan o`tkazish bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2023-yil 14-apreldagi 08-02711-sonli xatini inobatga olib hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari tuman Kengashi
QАROR QILАDI:
- O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2023-yil 14-apreldagi 08-02711-sonli xati inobatga olinsin.
- Аrnasoy tumanidagi aholi punktlari tarkibiy qismlari ro`yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
- Tuman hokimining o`rinbosari F.Аdilov, tuman Davlat soliq inspeksiyasi (X.Umurov), tuman statistika bo`limi (Z.Risqulov), tuman Davlat kadastrlar palatasi Аrnasoy tuman filiali (M.Sherqulov)larga:
- amaldagi tartib asosida nom berilgan ko`chalarning elektron bazasini shakllantirish;
- ish yuritish hujjatlariga o`zgartirish kiritish bilan bog`liq barcha tadbirlarni amalga oshirish vazifalari topshirilsin.
- Tuman kambag`allikni qisqartirish va mehnat bo`limi (X.Berdiyev) yangi nomlangan ko`chalar nomlari aks ettirilgan ko`rsatkichlar o`rnatilishini va tegishli hujjatlarga o`zgartirish kiritilishini taʼminlasin.
- “Аrnasoy tongi” gazetasi (X.Mirzayev) hamda tuman hokimligi axborot xizmati (R.Nurmatov)larga mazkur qarorni “Аrnasoy tongi” gazetasi sahifalarida hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytida yoritish tavsiya etilsin.
- Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman Kengashining “Sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko`rsatish masalalari” doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
- Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
Tuman kengashi raisi X.Alimardanov
Онлайн: 2_qaror-chinobod-mfy-dagi-kochalar.pdf
Тавсия этамиз:


