Телефонлар:
(0372) 372-12-44
(0372) 372-14-40
» » Arnasoyning “Mard o‘g‘lonlar” jamoasi respublika bosqichiga yo'llanmani qo‘lga kiritdi

Arnasoyning “Mard o‘g‘lonlar” jamoasi respublika bosqichiga yo'llanmani qo‘lga kiritdi

01 май 2024 йил
39
0

Yoshlarni mardlik va jasorat, vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda vatanparvarlik hissini kuchaytirish maqsadlarida Jizzax shahrida “Yosh gvardiyachilar” sport musobaqasi o‘tkazildi.

Mazkur musobaqa Jizzax viloyati bo‘yicha barcha tumanlardan kelgan jamoalar ishtirok etishdi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar davomida jamoalardagi yoshlar epchillik, zukkolik va jismoniy tayyorgarlik borasida nimalarga qodir ekanliklarini isbotlab berishdi. Ular tomonidan namoyish qilingan ko‘rgazmali chiqishlar tomoshabinlar hamda hakamlarda yaxshi taassurot qoldirdi.

O‘quvchilarning ko‘rsatkichlari hakamlar hayʼati tomonidan holis baholab borilib, musobaqa g‘oliblari aniqlandi.

1-o'rinni Arnasoy tumaning “Mard o‘g‘lonlar” jamoasi;

2-o'rinni Jizzax shahrining “Qalqon” jamoasi;

3-o'rinni Paxtakor tumanining  “Alanga” jamoasi egalladi.

Musobaqa yakuniy natijalariga ko'ra Arnasoy tumaning “Mard o‘g‘lonlar” jamoasi respublika bosqichiga yo'llanmani qo‘lga kiritdi.

O‘tkazib kelinayotgan bu kabi sport musobaqalari ertamiz egalarini jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk hamda vatanparvarlik ruhida kamol toptirishda muhim o‘rin tutishi, shubhasiz.

 

Arnasoy tumani hokimligi Axborot xizmati

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар