slot gacor
slot gacor
 NORMATIV HUQUQIY HUJJATLARGA OID SЕMINAR O‘TKAZILDI » Арнасой тумани ҳокимлиги расмий сайти
Телефонлар:
(0372) 372-12-44
(0372) 372-14-40
» » NORMATIV HUQUQIY HUJJATLARGA OID SЕMINAR O‘TKAZILDI

NORMATIV HUQUQIY HUJJATLARGA OID SЕMINAR O‘TKAZILDI

07 октябрь 2022 йил
171
0

Arnasoy tuman hokimligi kichik majlislar zalida “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan o‘tkazish” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Mazkur seminarda Arnasoy hokimligi, tuman Adliya bo‘limi, tumandagi tashkilot, korxona hamda muassasalarning kadrlar bo‘limi va ish yurituvchi hodimlari ishtirok etdi. O‘tkazilgan seminarda bugungi kunda ishlab chiqilib qabul qilinayotgan aksariyat huquqiy hujjatlarda va qonunlarda ham lingvistik kamchiliklar mavjudligi qayd etib o‘tildi.

– Jumladan, ifodalanayotgan fikrlar o‘ta murakkab konstruksiyalar asosida berilib, gaplarda ortiqcha so‘z, noo‘rin jumlalar ko‘p ishlatilmoqda. Bu esa o‘z navbatida belgilangan normalarning mazmun-mohiyatiga salbiy ta’sir etibgina qolmay, ijroni ta’minlashda ham ayrim kamchiliklarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda, - deydi Arnasoy tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish davlat tili to‘g‘risidagi qonun xujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdihalil Qarshiyev. – Mutaxassislarning ta’kidlashicha, hujjatlarni qabul qilishdan avval lingvistik, ya’ni, jumlalarning soddaligi va qisqaligi, ta’riflarning aniqligi, imlo, uslubiy, grammatik va orfografiya qoidalariga mosligi, bayonning tizimliligi va ifodali ketma-ketligi bo‘yicha ekspertizadan o‘tkazish lozim.

Aynan mana shu jarayonning ta’minlanishi muammoning yechimi sanaladi. Shunday ekan, har bir tashkilot u yoki bu hujjatni ishlab chiqqach lingvistik ekspertizadan o‘tkazish tizimini yo‘lga qo‘yishi lozim.

Ishtirokchilar mana shu singari kamchiliklarni bartaraf etish, qonun va hujjatlar ijodkorligida termin va atamalarni qo‘llash bo‘yicha yagona to‘xtamga kelish borasida o‘zaro fikr almashishdi. Muammoning yana bir yechimi sifatida uslubiy qo‘llanma ishlab chiqish taklifi bildirildi.

Ma’lumot o‘rnida, seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining “Normativ huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 662-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.


Arnasoy tuman hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар