Телефонлар:
(0372) 372-12-44
(0372) 372-14-40
» » Barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar diqqatiga

Barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar diqqatiga

14 сентябрь 2022 йил
189
0

Yuridik shaxslar, yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari (kichik korxona va mikrofirmalar, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, jamoat birlashmalari, ijtimoiy fondlar, nodavlat muassasalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan tashqari) Diqqatiga

Davlat statistika hisoboti: 4-mehnat shakli (choraklik)– 6 oktyabrdan kechiktirmay taqdim etishingiz so‘raladi.

Statistika hisobotlari, internet jahon axborot tarmog‘i vositasida statistika hisobotini elektron shaklda yig‘ish axborot tizimi e-Stat-4 orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda taqdim etiladi. e-Stat-4 avtomatlashtirilgan axborot tizimida mavjud bo‘lgan statistika hisobotlarining elektron shaklini (namunasini) O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining www.hisobot.stat.uz rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Shu o‘rinda  qayd  etish  joizki,  Mansabdor  shaxslarning  davlat  statistika  kuzatuvini  olib borish  uchun  zarur  bo‘lgan  hisobot  va boshqa  ma’lumotlarni  taqdim  etmaslikda ifodalangan  davlat  statistika  hisobotlarini  taqdim  etish  tartibini  buzishi,  hisobot ma’lumotlarini  buzib  ko‘rsatishi yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzishi O‘zbekiston  Respublikasi  Ma’muriy  javobgarlik  to‘g‘risidagi  kodeksining  215-moddasida belgilangan  javobgarlikka  sabab  bo‘ladi. 

O. Omonov

Arnasoy tumani statistika

bo‘limi yetakchi  mutaxassisi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар