Arnasoy tumani hokimi Odil Musanov yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish borasida olib borilayotgan ishlarni o‘rganish va mavjud muammolarni bartaraf etishga ko‘maklashish maqsadida uchrashuvlar o'tkazmoqda.
Tuman hokimining bu galgi muloqoti migratsiyadan qaytgan yoshlar va Oliy taʼlimga hujjat topshirayotgan yoshlar bilan bo'lib, uchrashuvda 3-sektor rahbari R.Ummatqulov, hokim oʻrinbosarlari, maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mudirasi, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari, mahalla masʼullari, yoshlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etishdi.
Uchrashuvda tuman hokimi yoshlar bandligi ta'minlash, ularda tadbirkorlik ko'nikmalarini oshirish, ta'lim-tarbiya masalalariga to'xtalib, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar va galdagi vazifalar hususida suhbatlashdi.
Ochiq muloqot tarzida oʻtgan uchrashuv davomida yoshlarning murojaat va takliflari tinglanib, ularning ijobiy yechimi yuzasidan aniq choralar belgilab olindi.
Arnasoy tuman hokimligi
Axborot xizmati