Milliy gvardiya Jizzax viloyat boshqarmasi bolalar bilan ishlash bo’limi Arnasoy tumani bo’yicha inspektor psixologlari va tuman prokuror yordamchisi O.Jo’rayev, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi psixologi O. Pardayeva hamda maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi hamkorlikda “Qonun ustuvor, jazo muqarrar” mavzusida seminar trening tashkil etildi.
Maqsad; Voyaga yetmaganlar o’rtasida huquqiy savodxonligi yetarli darajada emasligi sababli, turli ko’rinishdagi qonun buzilish holatlarini oldini olish hamda salbiy holatlarni bartaraf etish maqsadida ishtirokchilarga huquqiy va psixologik tushunchalar berish.
Jarayon davomida:
videoroliklar taqdimoti;
trening mashg’ulotlari:
kayfiyat ko’taruvchi daqiqalar o’tkazildi. Hamda soha mutaxassislari tomonidan mavzu yuzasidan fikr va mulohazalari tinglandi.
Seminar ko’tarinki kayfiyatda ta’til vaqtini mazmunli o’tkazishlari bo’yicha tavsiyalar bilan yakunlandi.
Arnasoy tuman hokimligi
Axborot xizmati