Arnasoy tuman statistika bo‘limi xodimlari tomonidan, Arnasoy tumani 20-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida” davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Arnasoy tuman statistika bo‘limi xodimlari tomonidan, aholini ro‘yxatga olish tadbiri keng qamrovli tadbir bo‘lib, mamlakatda yashovchi barcha aholiga oid bo‘lgan demografik va ijtimoiy-iqtisodiy ma'lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish, baholash, tahlil qilish va e'lon qilishning yagona jarayoni bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ma'lumotlarning asosiy manbai hisoblanishi to‘g‘risida aytib o‘tildi.
Arnasoy tumani hokimligi Axborot xizmati