Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘pgina bankomatlarda kartadan pul yechib olish uchun komissiya 1 foiz o‘rniga 1,5 foizni tashkil etayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.
Markaziy bank fuqarolardan bu va bunga o‘xshash xabarlarga ishonmasliklarini so‘ramoqda. Ma’lumot uchun, tijorat banklarining bankomatlarida Uzcard va Humo kartalaridan naqd pul yechilganda komissiya 1 foiz (ayrim banklar o‘z mijozlari uchun qulaylik yaratish maqsadida 0.5%-0.8%) oralig‘ida komissiya joriy etilgan.
Tijorat banklarida xalqaro (Mastercard, Viza va boshqalar) kartalardan naqd pul yechilganda komissiya 1,5 foiz yoki bundan yuqori foizni tashkil qiladi.