Arnasoy tumani IIBda “OCHIQ ESHIKLAR” kuni oʻtkazildi. Tadbirga tuman 3-sektor hududidagi Arhnasoy tumani kasb-hunar maktabining oʻquvchilari taklif qilinib, sohaviy xizmatlar faoliyati bilan tanishtirildi.
Jumladan, tuman IIBda tashkil etilgan vatanparvarlik burchagi, kutubxona, maʼrifat va maʼnaviyat, dam olish xonalari hamda kuch-vositalar koʻrsatildi.
O‘tkazilgan “Ochiq eshiklar” kuni Arnasoy tuman 3-sektor rahbari, IIB boshlig‘i podpolkovnik R.Ummatqulov mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda xalqimiz tarixiga va ma’naviy qadriyatlariga yuksak hurmat tuyg‘usini shakllantirish borasida ta’kidlab o‘tdi.
Arnasoy tumani hokimligi Axborot xizmati