2023-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni molilashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisobotini tasdiqlash to‘g‘risida.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil28-avgustdagi“Byudjet maʼlumotlarining ochiqligini va byudjet jarayonida fuqarolarning faolishtirokini taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3917-sonli hamda 2021-yil 13-apreldagi PQ-5072-sonli “Byudjetjarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosini ta’minlash,Oliy Majlis Senatining 2021-yil 18-apreldagi KQ-334-IV-son qaroriga asosan tuman(shahar) byudjetlari mablag‘larini jamoatchilik fikri asosidashakllantirilgan tadbirlarga yo‘naltirish tartibi to‘g‘risida”gi Namunaviy Nizom va 2022-yil 29-sentyabrdaxalq deputatlari tuman Kengashining VI-42-179-3-43-K/22-sonli qarori, ushbu tasdiqlangan namunaviy Nizomning 33-76-bandlari ijrosini taʼminlash, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari tuman Kengashi
QАROR QILАDI
1.Xalq deputatlari tuman Kengashining 2022-yil 29-sentyabrdagi “Mahalliy byudjet mablag‘lari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini taʼminlash to‘g‘risida”gi VI-42-179-3-43-K/22-sonli qarori bilan tasdiqlangan namunaviy Nizomning 33-76-bandiga asosan 2023-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar yuzasidan tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi mudiri M.Eshboyevning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2.2023-yilda jamoatchilikfikri asosidashakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilganmablag‘lar,yaʼni tashabbusli byudjetlashtirish natijalari natijalari to‘g‘risidagi maʼlumotlar 1-5-ilovalarga muvofiq tisdiqlansin.
3.Tumaniqtisodiyot vamoliyabo‘limi (M.Eshboyev) hamda tuman g‘aznachilik xizmati bo‘linmasi(А.G‘aybullaev)larga shartnomalarga muvofiq yakuniy mablag‘larga nisbatanbo‘shab qolgan (iqtisod qilingan) qismini jamg‘armaga belgilangan tartibda qayta tiklash vazifasi yuklatilsin.