Jizzax viloyati Arnasoy tumani MMTBga qarashli 11-sonli DMTTda 14-yanvar “Vatan himoyachlari kuni" munosabati bilan “Biz Vatan posbonlari” shiori ostida “Balli yigitlar” ko'rik tanlovi o’tkazilib, ushbu tanlovda tarbiyalanuvchilarning otalari ham ishtirok etishdi.
Tanlov Ishtirokchilar qòl jangi, salat tayyorlash, kim chaqqon shartlari asosida o’zaro bellashdilar. Tanlovda ishtirokchi bolajonlar o'z otalari bilan bir-biridan qiziqarli shartlarni ham bajarishdi. Ushbu tanlovni òtkazishdan maqsad bolajonlarni ona vatanga mehr muhabbat ruhida tarbiyalash va ota onalar bilan hamkorlikni kuchaytirishdan iborat bo’ldi.
Tanlov ishtirokchilari DMTT ma'muriyati tomonidan tashakkurnoma va estalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.
Arnasoy tuman maktabgacha va
maktab ta'limi bòlimi Matbuot xizmati