Arnasoy tumani 4-sektor raxbari X.Umurov Boʼston MFYda mahalla beshligi va biriktirilgan soliq inspektori ish faoliyati bilan tanishdi.
Uchrashuvda aholi xonadonlari muammolarini oʻrganish va ularni bartaraf qilish, yangi yil bayrami arafasida aholi oʼrtasida jinoyatchilik holatlari sodir boʻlishining oldini olish, aholi oʼrtasida pirotexnika vositalaridan foydalanishga qarshi birgalikda kurashish kabi masalalar muhokama qilindi va mahalla masʼullariga tegishli tavsiyalar berildi.