Arnasoyda lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni taʼminlash borasida o‘rganish ishlari olib borildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati Majlisining 2023-yil 30-avgustdagi 80/113-sonli yigʻilishi bayonining “Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 61-sonli qarori talablariga asosan oʻz tizimida ish yuritish lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida amalga oshirilishini taʼminlash toʻgʻrisida”gi 8.1-bandi ijrosi yuzasidan tuman hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘linmasida oʻrganishlar oʻtkazildi.
O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar ko‘rsatilib, mutasaddilarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Arnasoy tumani hokimligi Axborot xizmati