"Mening yo‘lim" loyihasi doirasida Bobur, G‘.G‘ulom, Yangibo‘ston, G‘oliblar mahallalarida 4800 metr ichki ko‘chalar ravon bo‘ldi.
Yurtimizda “Meningyo‘lim” loyihasi doirasida aholi vakillari o‘z mahallasida infratuzilmalarni yaxshilash tashabbusli loyihalarga ovoz berish orqali mahalliy byudjetning bir qismini taqsimlashda faol ishtirok etishmoqda.
Arnasoy tumanida ham tashabbusli byudjet asosida olib borilayotgan ishlar hudud ijtimoiy va iqtisodiy holatini yanada mustahkamlashga xizmat qilyapti.
Tumandagi Bobur, G‘.G‘ulom, Yangibo‘ston, G‘oliblar mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi ham mazkur loyihaning joriy yil “Meningyo‘lim” loyihasida faol ishtirok etib, o‘z tashabbuslarining g‘oliblar qatoridan o‘rin olishiga erishdi.
Mahalladagi ba’zi ichki yo‘llarning ta’mirga muhtojligi, yozda chang, qishda loy bo‘lishidek mahalla aholisini uzoq yillardan beri qiynab kelayotgan muammoga tashabbusli byudjet jarayoni yechim bo‘ldi.
Ayni kunlarda mahalladagi Porloq, Yangidala, AxmadYassaviy, Oybek kabi ko‘chalarning 4800 metr ichki yo‘llarini to‘liq asfaltlash ishlari olib borildi.
Mazkur ko‘chalarda istiqomat qiluvchi aholi vakillari olib borilayotgan ishlardan mamnunligini bildirishmoqda.
Arnasoy tuman hokimligi Axborod xizmati