Arnasoy tumani 4-sektor rahbari X.Umurov Boʼston MFYda mahalla raisi, xokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar etakchisi va profilaktika inspektori faoliyati bilan tanishdi.
Uchrashuvda ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish va oʼzini-oʼzi band qilish orqali ish bilan bandligini taʼminlash, xotin-qizlarga imtiyozli kreditlar va subsidiyalar ajratishni jadallashtirish, yoshlarni kasb-hunarga oʻqitish va boʼsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida turli madaniy va maʼrifiy tadbirlarga jalb qilish kabi masalalar muhokama qilindi va masʼul xodimlarga tegishli tavsiyalar berildi.
Arnasoy tuman hokimligi Axborot xizmati